So’nggi yangiliklar

12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  0 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  7 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  8 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  19

Botirali Ergashev: "Bugungi o'yinda do'stlik g'alaba qozondi" Yangiliklar

Botirali Ergashev: "Bugungi o'yinda do'stlik g'alaba qozondi"

Bugun chempionatimizning so'nggi 30-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ushbu turda Toshkentning ikki jamoasi "Paxtakor" hamda "Obod" klublari o'zaro bellashishdi.

SHiddatli kechgan uchrashuvda tomonlar murosa yo'lini tanlashdi (1:1). Ushbu bahsdan so'ng "Paxtakor" klubida debyut uchrashuvini o'tkazgan Botirali Ergashev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ilk debyut o'yinimda o'zim uchun anchagina tajriba orttirib oldim, o'zimga bo'lgan ishonch ko'proq paydo bo'ldi. "Obod" jamoasiga qarshi og'ir bahs kechishini bilardik. raqiblarimiz ham yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan ekan. Ushbu uchrashuvda yshl qo'ygan xatolarimni ko'rib chiqib o'z ustimda yanada ko'proq ishlashga harakat qilaman. Kelasi yili asosiy tarkibga kirish uchun bor kuchib bilan intilaman.

Uchrashuvning qo'shimcha vaqtida darvozani tashlab raqib jarima maydonchasi ichiga etib bordim. Futbolda tavakkal qilmasa bo'lmaydi. SHuning uchun ham g'alaba qozonishimiz uchun jamoadoshlarimga yordam berish uchun oldinga borgandim. Raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun harakat qildik, ammo buni uddasidan chiqa olmadik. Bugungi o'yinda do'stlik g'alaba qozondi", - deydi "Paxtakor" klubi posboni Botirali Ergashev.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика