"Borussiya" Aller bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi
21 iyu 2022 14:34
Yangiliklar
"Borussiya" Aller bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi
Dortmundning "Borussiya" klubi "Ayaks" hujumchisi Sebastyan Aller bilan shartnoma imzolashiga ishonmoqda.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, ivuarlik hujumchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishilgan. Hozirda Niderlandiya klubi bilan yakuniy gonorar va qo'shimcha bandlar borasida muzokaralar olib bormoqda.
"Borussiya"ning 27 yoshli o'yinchi borasida dastlabki 33 mln evrolik taklifi kamlik qildi, klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Forvard o'tgan mavsum "Ayaks" tarkibida barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 34ta gol va 9ta assist qayd etdi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar