So’nggi yangiliklar

19:54CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистоннинг Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун таркиби маълум  0 19:41"Сабаҳ" — "Нефтчи". Таркиблар маълум  0 19:01"Ньюкасл" кейинги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 18:39Суперлига. "Нефтчи" - "Шўртан" 1:0 (матнли трансляция)  15 18:38Ҳакамларимиз Қозоғистон – Қирғиз Республикаси аёллар терма жамоалари ўртасидаги учрашувни бошқариб боришади  0 18:10"Реал Мадрид" — "Реал Сосьедад". Таркиблар маълум  6 17:39“CAFA U-17 Championship 2025” бошланмоқда  3 17:22ЦСКА, "Акрон" ва "Рубин" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  3 16:50АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  4 16:21"Футбол олами". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал жуфтликлари маълум  1 15:45Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум  6 15:29"Насаф" қизиқарли кечган баҳсда ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:04"Андижон" "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 14:37"Бавария" Вирцнинг трансфери барбод бўлгач, "Манчестер Юнайтед" юлдузини сотиб олмоқчи  12 14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  10

Bobur Yo'ldoshev: "Neftchi"dan taklif bo'lgani yo'q, agar ehtiyoj sezilsa, qabul qilardim" Yangiliklar

Bobur Yo'ldoshev: "Neftchi"dan taklif bo'lgani yo'q, agar ehtiyoj sezilsa, qabul qilardim"

"Neftchi" muxlislar klubi bir qator taniqli futbolchilar bilan jonli va onlayn muloqotlar tashkil etib kelayotganidan xabaringiz bor.

Bugun jamoa muxlislari hozirda Navoiyning "Qizilqum" klubi safiga qo'shilgan tajribali himoyachi Bobur Yo'ldoshev bilan onlayn muloqot tashkil etishdi. Muloqot jarayoni savol-javob ko'rinishida etiboringizga havola etilmoqda.


- Boburjon, futbolga kirib kelishingiz qanday yuz bergan?

- Avvalo, etibor uchun barchangizga minnatdorchilik bildiraman. Oilamizda futbolga bo'lgan qiziqish va mehr juda yuqori. SHu sababdan futbolchilik kasbini tanlaganman. Birinchi murabbiylarim Oydinbek Aliev va Doniyor Ismoilovlar bo'lgan.

- Eshitishimizga qaraganda, qishki transferlar vaqtida sizga "Neftchi"dan taklif bo'lgan ekan. Lekin siz "Qizilqum"da paydo bo'ldingiz. Buning sababi nima?

- Bu borada tasdiqlanmagan malumotlar internetda ko'p tarqaldi. SHuni aytib o'tish joiz, menga "Neftchi"dan taklif bo'lgani yo'q. Aksincha "Qizilqum" klubi menga jiddiy qiziqish bildirdi va jamoaga taklif etdi. Yangi mavsumni navoiyliklar safida o'tkazaman. Maqsadim - "Qizilqum"ning g'alabalariga o'z hissamni qo'shish. Bu erda juda ahil jamoa shakllangan.

- "Neftchi"dan taklif bo'lganida qabul qilgan bo'larmidingiz?

- Albatta, qabul qilaman. Agar shartnoma shartlari har ikki tomonni ham qoniqtirsa, nega qabul qilmasligim kerak? “Neftchi" nomdor klub va bu jamoada o'ynashni rad etmagan bo'lardim.

- Birinchi murabbiyingiz Oydinbek Aliev bo'lgani haqida aytib o'tdingiz. Gap "Atlaschi" jamoasi safidagi yorqin o'yinlari bilan tanilgan mahoratli hujumchi Oydinbek Aliev haqida ketayotganini fahmladik, albatta. Aytingchi, u kishi bilan gaplashib turasizmi?

- Oydinbek aka hozirda Turkiyada istiqomat qilmoqda. Albatta, u kishi bilan doimiy aloqada bo'lib turamiz.

- Hozirda "Neftchi" klubida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikringiz qanday?

- Birinchi navbatda klub va uning muxlislarini Superliga yo'llanmasi bilan tabriklayman. Hozir jamoa tarkibi kuchaytirilmoqda, yaxshi transferlar haqida eshityapmiz. "Neftchi" tez orada o'zining avvalgi darajasiga chiqishiga tilakdoshman.

- Himoya chizig'ida o'ynashingizga qaramay, gollar urib turasiz. Birinchi golingizni xotirlay olasizmi?

- Albatta, yodimda bor. Birinchi golimni yoshlar terma jamoasi safidagi o'rtoqlik uchrashuvida Ispaniya darvozasiga kiritganman.

- Bobur Yo'ldoshevning futboldagi orzusi qanday?

- Futboldagi orzularim juda ko'p. Har doim o'ynayotgan jamoa g'alabalariga o'z hissamni qo'shishni istayman. Bundan tashqari, yana milliy terma jamoa safida maydonga tushishni istayman. Futboldagi kareramni yaxshi darajada tugatishni maqsad qilganman.

- Milliy chempionatimizga tashrif buyurayotgan legionerlar haqida fikr bildirsangiz...

- Fikrimcha, chempionatlarimizga keladigan legionerlar mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo'lishi kerak. Agar unday darajada bo'lmasa, o'zimizning futbolchilarning maydonga tushgani yaxshiroq.

- Yaxshi himoyachi bo'lish uchun nimalar qilish kerak deb hisoblaysiz?

- Futbolda himoyachi poziciyasida o'ynash juda qiyin va masuliyatli vazifa hisoblanadi. Birgina xatongiz yakunda mag'lubiyatga sabab bo'lishi mumkin. Himoyachi o'z ustida tinimsiz ishlashi, mehnat qilishi kerak, mashg'ulotlardan to'xtamaslik lozim.

- Futbol maktabi ochganligingiz haqida eshitdik, bu rostmi?

- Ha, noyabr oyidan boshlab Quva tumanida futbol maktabi ochganmiz. Hozirda 50-60 nafar yosh futbolchi bu erda shug'ullanmoqda.

- Milliy chempionatimizda siz o'yinlarini ko'rgan eng yaxshi 3 ta himoyachi nomini ayta olasizmi?

- Bizda yaxshi himoyachilar ko'p. Qolganlarga hurmatni saqlagan xolda Baxtiyor Ashurmatov, Anzur Ismoilov va Islom To'xtaxo'jaevlarni ko'rsatgan bo'lardim.

- Qaysi Evropa klublariga muxlislik qilasiz?

- Yoshligimdan "Manchestr Yunayted"ga muxlislik qilaman. SHuningdek, Krishtianu Ronalduning o'yinlarini katta qiziqish bilan kuzataman.

- "Neftchi" muxlislariga tilaklaringiz?

- "Neftchi"ga hamisha omad yor bo'lsin, har doim g'alabalarga erishib, siz kabi muxlislarni hamisha xursand qilsin. 


Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика