So’nggi yangiliklar

21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  1 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  19 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  27 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4

Bobur Farhodov: “Lutfulla To'raevning ajoyib pasini golga aylantirmasam bo'lmasdi” Yangiliklar

Bobur Farhodov: “Lutfulla To'raevning ajoyib pasini golga aylantirmasam bo'lmasdi”

“Bunyodkor” jamoasi Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichidan o'rin olgan “Al Zavra”ga qarshi uchrashuvda yirik hisobdagi g'alabani tantana qildi.

Uchrashuvda kiritilgan gollardan biriga zaxiradan o'yinga qo'shilgan Bobur Farhodov mualliflik qildi. Biz esa uchrashuv yakuniga etgach ushbu futbolchidan fikrlarini bildik.

“Yaxshi o'yin bo'ldi. Raqib sezganimizdek kuchli jamoa ekan. Ular birinchi bo'limda bizga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Xalqaro darajadagi uchrashuvda birinchi bor to'p tepdim. Xudoga shukur men uchun hammasi yaxshi o'tdi. Golga keladigan bo'lsak Lutfulla To'raevning ajoyib pasini golga aylantirmasam bo'lmasdi. Raqib uch oy davomida bironta uchrashuvda maydonga tushmagan bo'lsada, ularni murabbiylarimiz yaxshi o'rganib chiqishgan edi. Maydon holati yuqori darajada bo'lganida biz ham, raqib ham boshqacha o'ynagan bo'lardi. Ikkinchi bo'limda ustunlik to'liq biz tomonimizda bo'ldi”, - dedi Bobur Farhodov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика