Bobir Abdixoliqov "Ordabasi" muxlislariga xayrlashuv maktubini yo'lladi
05 fev 2024 15:25
Yangiliklar
Bobir Abdixoliqov "Ordabasi" muxlislariga xayrlashuv maktubini yo'lladi
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Bobir Abdixoliqov Instagram sahifasida chimkentlik muxlislarga rahmat aytdi.
"Qadrli "Ordabasi" muxlislari. 2023 yilda klubning bir bo'lagi bo'lganimdan faxrlanaman. Sizlarning qo'llab-quvvatlashingiz orqali "Ordabasi" o'z tarixida ilk bor Qozog'iston chempioniga aylandi.

Albatta, bu chempionlikda siz muxlislarning hissangiz katta. Faoliyatimni jonajon "Nasaf" klubimda davom ettirishga qaror qildim. SHuni unutmangki, men hech qachon "Ordabasi", CHimkent shahri hamda siz aziz muxlislarni yodimdan chiqarmayman. Doim sizlarning muxlisingiz bo'lib qolaveraman. Hurmat bilan Bobir Abdixoliqov", – deyiladi xayrlashuv maktubida.
Avvalroq "Nasaf" Abdixoliqov transferini elon qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar