Boateng va Ochoa "Salernitana"ni tark etdi
31 may 19:23
Yangiliklar
Boateng va Ochoa "Salernitana"ni tark etdi
Himoyachi Jerom Boateng va darvozabon Gilermo Ochoa "Salernitana"dan erkin agent sifatida ketdi.
Ochoa jamoada o'tgan yilning yanvar oyidan beri o'ynab kelayotgandi. U klub safida 41 ta o'yin o'tkazib, 77 ta gol o'tkazib yubordi.
Boateng esa shu yilning fevral oyida jamoa azosiga aylanib, klub safida 7 ta uchrashuv o'tkazishga ulgurdi.
Klub 2023/24 yilgi mavsum yakuni bo'yicha B Seriyaga tushib ketdi.
Fikrlar