“Biz o'zimizga o'zimiz dushmanmiz". Pochettino “CHelsi”ning navbatdagi mag'lubiyati haqida
25 dek 2023 08:30
Yangiliklar
“Biz o'zimizga o'zimiz dushmanmiz". Pochettino “CHelsi”ning navbatdagi mag'lubiyati haqida
“CHelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasining APLning 18-turida “Vulverxempton”dan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.
“Biz xato qildik va barcha aybni o'zimizdan izlashimiz kerak. Mana shuning uchun bugun biz mag'lubmiz. Bizda gol urish uchun zo'r imkoniyat bor edi. Biz birinchi bo'limni g'olib sifatida maydonni tark etishimiz ham mumkin edi. APLda o'z imkoniyatingdan foydalanmasang, keyin qimmatga tushishini unutmaslik kerak.
Biz o'zimizga o'zimiz dushmanmiz. Men raqib g'alaba uchun etarli ish qilmadi demoqchi emasman. Ular o'z vaziyatlaridan foydalanishdi va gollar urishdi. Biroq birinchi bo'limda biz ancha yaxshi harakat qilgandik”,-dedi Pochettino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar