So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  29 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  8 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  4 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  102 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  4 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

Birinchi liga. "Zomin" - "Norin". Prevyu Yangiliklar

Birinchi liga. "Zomin" - "Norin". Prevyu

Ertaga O'zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 23-tur bahslariga start beriladi.

Bunda Jizzaxning “Zomin” jamoasi “Zomin” markaziy o'yingohi”da Xaqqulobodning “Norin” jamoasini qabul qiladi. Jamoalar o'zaro to'rtinchi bor to'qnash kelishmoqda. Birinchi bor O'zbekiston Birinchiligi-2016 bahslarining birinchi davra 4–turda “So'g'diyona” o'yingohida o'zaro uchrashishgan. O'shanda Xaqqulobod jamoasi 1:0 hisobida g'alaba qozonib, mehmonda mezmonlarni mag'lubiyatga uchratgan edi. O'tgan o'zaro o'yinlarning barchasida mehmonlarning qo'li baland kelmoqda. Mezmonlar raqiblarning darvozasini ikki bor nishonga olgan bo'lsa, etti bor o'z darvozalarining dahlsizligini saqlay olmagan.

Ertangi uchrashuvda zominliklar oldinigi mag'lubiyatlar uchun revansh olish uchun imkoniyatlar etarli. Jamoa o'z tarkibini ikkinchi davradan oldin kuchaytira oldi. Faqatgina uchrashuvda birdamlik bilan harakat qilsa bas, g'alaba mezmonlar tomonida bo'ladi.


Jamoalar 23-turga kelib, musobaqa jadvalida quyidagi o'rinlarda bormoqda. Mezmonlar 33 ochko bilan 8-o'rinda, mehmonlar 38 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda.  

Hozirgi kunga kelib, klubda asosiy tarkib o'yinchisi bo'lish uchun raqobat juda kuchli. Bu raqobat klubning g'alabaga bo'lgan ishonchini va maqsadlari yo'lida xizmat qilishga undaydi.

“Zomin” jamoasining “Norin”ga qarshi uchrashuvdagi taxminiy tarkibi: O. Sadiev, U. Nabiev, J. Saidov, E. Karimov, A. Abdullaev, R. Muxammadshin, O. Toyloqov, N. Ibragimov, R. Abdurasulov, D. Toshmatov, S. Abdullaev. 

SHunday ekan, barcha futbol muxlislarni soat 17-00da “Zomin markaziy o'yingohi”da bo'lib o'tadigan uchrashuvga taklif qilamiz. 

Ikkala jamoaga ham omad tilaymiz.

Imkoniyatlar: 40/30/30 



2016 YIL


BIRINCHI DAVRA


4-tur. 20 aprel (chorshanba)


Zomin (Zomin) – Norin (Xaqqulobod) – 0:1. 311tomoshabin.


Hakamlar: F. Narsafarov (Qarshi), M. Karimov (Toshkent), S. Nishanbaev (Toshkent), M. Fayzullaev.

Nazoratchi:  A. Arutyunov (Toshkent).

Gollar: V. Aleksin (90+1).

Ogohlantirishlar: S. Allaev (83) – S. Safarov (71).


IKKINCHI DAVRA


33-tur. 23 oktyabr (yakshanba)


Norin (Haqqulobod) – Zomin (Zomin) – 3:2. 2112 tomoshabin.


Hakamlar: R. Kopadze (Farg'ona), A. Abdullaev, SH. Qayumov (Jizzax), A. Jabborov.Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).
Gollar: U. To'xtasinov (6, 56), A. Umarjonov (28, penalti) – I. Bito'raev (24), V. Mahkamboev (81).
92-daqiqada SH. Dostonov (Norin) penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: YU. Ochilov (22), S. Safarov (70), M. G'ulomnazarov (73) – SH. Sadridinov (26), D. Kamolov (27).


2017 YIL


BIRINCHI DAVRA


13-tur. 4 iyun (yakshanba)


Norin (Xaqqulobod) – Zomin (Zomin) – 3:0. 390 tomoshabin.


Hakamlar: D. Muxtarov (Toshkent), B. SHavkatov (Toshkent), X. Baxodirov (Toshkent), A. Djabbarov.

Inspektor: V. Nadjafaliev (Toshkent).

Gollar: B. Murtazaev (47, 53), V. Nuriev (90).

Ogohlantirishlar: B. Murtazaev (45), V. Nuriev (89) – B. Urakov (31), U. Nabiev (60), D. Saidov (80).


IKKINCHI DAVRA


23-tur. 3 sentyabr (yakshanba)


“Zomin markaziy o'yingohi”, soat 17-00.


Zomin (Zomin) – Norin (Xaqqulobod).

Hakamlar: F. Norsafarov (Qarshi), F. Usmonov (Qarshi), O. Umarov (Toshkent vil.).

Nazoratchi:  G. Karimov (Toshkent).


"Zomin" matbuot kotibi Akmal Raxmatullaev tayyorladi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика