"Real" 3 nafar futbolchisiga yangi shartnoma taklif qilmaydi
07 avg 20:45
Yangiliklar
"Real"ning 3 nafar futbolchisi yangi shartnomaga ega bo'lmaydi va kelasi yozda jamoani tark etadi. Bu haqda "Bernabeu Digital" xabar bermoqda.
Bu ro'yxatga himoyachilar David Alaba, Antonio Ryudiger va Dani Karvaxal kiritilgan. Uchalasi ham kelasi yozda "qaymoqranglilar"dan ketadi.

Futbolchilarning "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha hisoblangan. Klub futbolchilarning yoshi va jarohatga moyilligi sababli shartnomani uzaytirmaydi.
Bundan tashqari, "Real" bitimi 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yarim himoyachi Dani Sebalosni transferga qo'yadi. Ispaniyalik futbolchi bosh murabbiy Xabi Alonsoning rejalaridan o'rin olmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar