Alaba "Real"ni tark etishni rejalashtirmayapti
07 avg 19:53
Yangiliklar
Alaba "Real"ni tark etishni rejalashtirmayapti
"Real"ning avstriyalik himoyachisi David Alaba yozda jamoani tark etishni rejalashtirmayotgani va asosiy tarkibdagi o'rni uchun kurashishga ahd qilganini aytdi.
Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" rahbariyati jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biri bo'lgan 33 yoshli futbolchi bilan hali shartnomani uzaytirmoqchi emas. Uning yillik sof daromadi taxminan 10,5 million evroni tashkil qiladi.
Futbolchi "Real"ga 2021 yilning yozida erkin agent sifatida qo'shilgandi. O'tgan mavsumda u La Liganing bor-yo'g'i 7 ta o'yinida qatnashdi va jarohatlar tufayli o'yinlarning katta qismini o'tkazib yubordi.
David Alabaning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar