So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  17 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Vitaliy Levchenko: "Biz ham "Qo'qon-1912"ga yordam qildik" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Biz ham "Qo'qon-1912"ga yordam qildik"

Superliga 17-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Neftchi" (1:2) uchrashuvidan so'ng "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- Dastlab o'yin haqida fikringiz?

- Chiroyli futbol bo'ldi. Har ikki jamoa o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatishga harakat qildi. Afsuski, maydon holati zo'r emasligi ko'p holatlarda pand berdi. Shu bois kombinacion futbol o'rniga yakkakurashlarga boy o'yin ko'rdik. G'alaba uchun yigitlarga rahmat aytaman. Endi keyingi bahsga hozirlik ko'ramiz.

- Kojo va Nimeli o'yinini qanday baholaysiz? Ular ikkita uchrashuvdan beri jamoaga kirishib keta olishmayapti.

- Mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlikni boshlaganimizdan so'ng oradan birmuncha vaqt o'tib ular mashg'ulotlarga qo'shildi. Yig'inning boshidan biz bilan bo'lgani yo'q. Shuning uchun bu ikki futbolchiga vaqt kerak deb hisoblayman. Kojo bugun yaxshi harakat qildi, faqat bir vaziyatda birga-bir gol urishi kerak edi, ammo to'pni sherigiga uzatishni maqul kurdi. Vaholanki o'zi qulay holatda turgandi. Vaqt o'tishi bilan yangi futbolchilar jamoaga kirishib ketadilar.

- O'z paytida "Neftchi" sobiq ittifoq ikkinchi ligasida o'ynardi, Qo'qonda esa "Avtomobilchi" jamoasi bo'lardi. Evgeniy Matvienko degan futbolchi Qo'qonda yaxshi o'ynagan paytda Sarkisyan uni yana "Neftchi"ga qaytargandi. Chunki o'shanda Qo'qon yordam qilmaganida "Neftchi" pastga tushib ketgan bo'lardi. Endi bo'lsa "Qo'qon-1912" og'ir kunlarni boshdan kechiryapti va "Neftchi" hozir yordam bersa bo'ladi-ku. Siz bunga nima deysiz?

- Savolingiz uchun rahmat. Biz ham Shohruh Gadoevni "Qo'qon-1912"ga berib, sizlarga yordam qildik. Bugun u darvozamizga gol urdi va qo'shimcha taymlarda to'p kiritmaganimizda o'yin durang bilan yakun topardi. Biz ham qo'ldan kelgancha yordam beryapmiz. Biz bitta viloyat jamoasimiz va buni tushunaman. Agar birorta futbolchimiz Qo'qonda o'ynashni xohlasa, muammo yo'q, biz har qanday yo'lni sinab ko'ramiz.

- Bugungi g'alaba orqali "Neftchi" yana chempionlik poygasiga qaytdimi? Keyingi o'yin "Nasaf" bilan kechadi va bu bahsda ham jamoa o'zini ko'rsata oladimi?

- Biz har bir o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Hozir eng muhimi tiklanib olish, chunki "Nasaf"ga qarshi bahs atigi 4 kundan keyin bo'ladi. Biz murabbiylar jamoani tayyorlash uchun bor kuchni ishga solamiz.

- Jamoaning kayfiyati juda sust ko'rinyapti. Nimaga bunday bo'lyapti? Bu "Nasaf" bilan xalaqit bermaydimi?

- Aytganimdek, o'yinlar oralig'i qisqa va tezroq tiklanishga to'g'ri kelyapti. Avgust oyining o'zida 6ta o'yin o'tkazamiz. "Bunyodkor" bilan yaxshi o'ynab yutqazdik, bugun esa og'ir o'yinda g'alaba qozondik. Futbol shunisi bilan qiziq.

- Abror Ismoilovning jarohati jiddiy emasmi?

- O'ylaymanki, u keyingi uchrashuvga tayyor bo'ladi. Uning tishida og'riq bor va tezroq tuzalishiga umid qilamiz.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика