So’nggi yangiliklar

00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  1 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  0 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  2 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  0 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  4 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7 17:24"Арсенал"га қарши баҳсдан сўнг Эмери нега Артетанинг қўлини сиқиб қўймади?  7

Bir o'yin tarixi. Yana Bahrayn, Mahmud Abdulrahmonning zarbasi va yana so'nggi daqiqalar qurboni bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Yana Bahrayn, Mahmud Abdulrahmonning zarbasi va yana so'nggi daqiqalar qurboni bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi

Sir emaski, Bahrayn terma jamoasi biz uchun tarixdagi eng noqulay raqiblardan biri sanaladi.

Bu yurt vakillari bilan doim turli musobaqalarda to'qnash kelganmiz va aksariyat uchrashvuvlardan ularning qo'li baland kelganini aytishimiz joiz. Bugun loyihamizning ushbu soni orqali JCH-2010 saralash bosqchichidan o'rin olgan, “Paxtakor” stadionida o'tkazilgan O'zbekiston – Bahrayn uchrashuvi haqida to'xtalishni joiz deb bildik. Zero, mazkur bahsda futbolchilarimiz so'ngi soniyalarda imkoniyatni boy berib qo'yishgan edi.

Keling dastlab Bahrayn bilan kechgan avvalgi uchrashuvlarni natijalariga nazar solsak. 2004 yilgi Osiyo kubogining chorak finalida Bahraynga penaltilar seriyasida engilgan edik, Alo Xubaylning darvozamizga urgan ikki goli yodingizda bo'lsa keraga. Keyingisi esa eng alamli si, JCH-2006 pley-offida hakam va FIFAning noxolis qarorlari sabab ularga yana keyingi bosqich eshiklarini ochib berdik. 2010 yilgi Mundial saralashida esa termamizning yo'llari uchinchi bor Bahrayn bilan kesishayotgandi. Qaysidir manoda ular bilan o'zgacha hisob-kitobimiz bor edi desak noto'g'ri bo'lmaydi.



Toshkentda Avstraliyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng istefoga chiqarilgan Rauf Inileevning o'rniga, uning yordamchisi va murabbiylikda tajribasini oshirib borayotgan Mirjalol Qosimov tayinlanadi. Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak milliy jamoamiz Inileev qo'l ostidagi so'ngi beshta uchrashuvda umuman gol ura olmaganini ko'rishimiz mumkin. O'shanda yangi murabbiy olib kelinsa bo'lardik-u dersiz. Futbolimiz rahbarlari saralashning o'rtasida chetdan boshqa bir murabbiyni olib kelishni joiz deb bilishmaydi, boz ustiga u kelgan taqdirda ham futbolchilarni yaxshi bilmasdi, o'z uslubini singdirishiga esa vaqt ketardi. Bizni oldimizda esa kutishga ortiqcha fursat yo'q edi. SHundoq ham startdagi ikki mag'lubiyatdan so'ng guruhda qiyin vaziyatga tushib qolgandik.

Yaponiya safaridan durang bilan qaytgan Qosimov boshchiligidagi termamiz o'zining birinchi ochkosini ishlagandi. SHu boisdan galdagi bahsga futbolchilarimiz puxta tayyorgarlik ko'rishdi, BAAda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishdi. U erda dastlab Osiyo kubogi-2011 saralashidan o'rin olgan BAA bilan o'yinda ishtirok etib ortga kichik (1:0) hisobida g'alaba bilan qaytishgan bo'lsa, Ozarbayjon bilan o'rtoqlik o'yinida murosa ko'chasini tanlashdi. Bu esa ularga Bahrayn bilan bellashuvga tayyorgarlik vazifasini o'tadi deyishimiz mumkin. Qosimov murabbiyga aylangach bir qator futbolchilar malum sabablarga ko'ra tarkibdan tushib qoldi, Aziz Haydarov, Ilhom Suyunov va boshqalar. Uzoq vaqtdan so'ng esa Eldor Magdeev yana taklif qilindi. Garchi, bu paytga kelib Bahraynda Talal Yusuf yoki Alo Hubayl kabi futbolchilar bo'lmasada qitada o'z darajasini saqlab qolgandi.



11 fevral kuni ushbu o'yinni tomosha qilish uchun ko'plab muxlislar tashrif buyurishdi, 30000dan oshiq odam stadionda futbolchilarni tinmay olqishlab turishdi. Bahraynliklar bilan o'yinda termamizni g'alabadan boshqasi jarga etaklardi. SHu boisdan odatdagidek maydonda dastlabki daqiqalardan to'p nazoratini qo'lga olishdi va bir qancha xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Aftidan natija durangga qarab ketayotgandek ko'ringandi. Biroq, malayziyalik hakam Subhiddin Solihning asosiy vaqtga qo'shib bergan daqiqasida raqib futbolchilari jarima zarbasi ishlashni uddasidan chiqishdi. To'p yoniga yaqinlashgan Mahmud Abdulrahmon kuchli zarba bilan Nesterov turgan darvozani ishg'ol qiladi - 0:1. Yana odatdagidek terma jamoamiz so'ni soniyalar qurboni bo'ldi. Bu holat bugunga qadar jamoamiz ishtirokidagi ayrim bahslarda kuzatilayotgani achinarlidir. Manamadagi javob o'yinida ham aynan Mahmud Abdulrahmonning yagona goli raqibning g'alabasini taminladi.

Keyingi turda o'z maydonimizda Qatarni taslim qilgan bo'lsakda, qolgan uchta uchrashuvda raqib darvozasiga yo'l topa olmay juda xunuk tarzda ishtirokimizni yakunlagandik. Janubiy Afrika esa bizga uzoqlik qilgandi.




JCH-2010 saralash bosqichi.

O'zbekiston – Bahrayn – 0:1

11.02.2009. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 30000 tomoshabin.

Bosh hakam:
Subhiddin Solih (Malayziya).

Gol: Mahmud Abdulrahmon 90+4.

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Sahob Jo'raev, Islom To'xtaxo'jaev, Anvar G'ofurov, Server Jeparov, Jasur Hasanov (Vitaliy Denisov, 59) Odil Ahmedov, Eldor Magdeev, Temur Kapadze (Maksim SHackix, 55), Farhod Tojiev (Anvar Soliev, 69).

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov.






Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Uchrashuv rasmlarini taqdim etgani uchun O'FA fotografi Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildiramiz.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика