So’nggi yangiliklar

18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  3 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  3 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   8 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  4 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  9 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   1 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  17 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  11 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  4 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1

Bir jamoa safida necha nafar futbolchi maydonga tushishi kerak? Ayollar futboli va O'zPFL madhiyasi haqida ikki og'iz so'z (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Bir jamoa safida necha nafar futbolchi maydonga tushishi kerak? Ayollar futboli va O'zPFL madhiyasi haqida ikki og'iz so'z (Bekzod Tolibov blogi)

Nukusda bir qardosh og'amiz bor, Aybek Aknazarov. Juda kamtar va samimiy inson.

Bir vaqtlar O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev o'z intervyusida Termizning "Surxon" klubi haqida fikr yuritar ekan, "SHu jamoada Elyor degan yigit bor, matbuot kotibiyam shu, administrator ham shu, xullas hamma narsaga shu bola javobgar" deya takidlagandi. Albatta O'zPFL rahbari "Surxon" matbuot kotibi Elyor Uzaqovni nazarda tutgan. So'zimiz boshida tilga olganimiz qardosh Aybek Aknazarov ham ayni Elyor kabi faollardan. Nukusga boring, futbolga oid istalgan musobaqada bu yigitni aniq uchratasiz.

Aybek o'tgan yili bir audio tashlab bergandi. Eshitib ko'rdim, o'zining aytishicha Qoraqalpog'istonda tashkil etilayotgan 2-liga musoboqalarining rasmiy madhiyasi. Kimga qanaqa, har kimning o'z qarashi va shaxsiy fikri bor. Lekin men hoh o'zbek bo'lsin, hoh boshqa millat vakili, milliylik aks etgan musiqalarni shaydosiman. Masalan Boysun-Qo'ng'irot navolari haqida bilasiza? Ajdodlarimizni, o'tmishimizni yodga soladigan bu qo'shiqlar sizu-bizni qalbimizni tub-tubidan o'rin olgani shubhasiz. Sezayapsizmi, futbol mavzusidan anchayin chetlab ketdik. Lekin so'zimizning davomiyligida aytiladigan fikrlarda yuqoridagilari bilan mantiqiy bog'liqlik bor. Men tanigan va sizga aytib o'tgan Aybek Aknazarov ismli qardoshimiz yashaydigan tomonlarda "SHapalaqlar bolsyn!" iborasi ko'p ishlatiladi. Bu iborani biron xolatga yoki voqelikka qoyil qolganingizda ishlatishingiz o'rinli bo'ladi.

Kecha saytimizda jurnalist Faxriddin Ro'zievning ayollar futboli haqidagi maqolasi elon qilindi. Muallif bir futbolchi qizning shaxsiy kechinmalari orqali jamoatchilikka milliy chempionatlarimizda ayollar futboliga bo'layotgan etiborni yuzimizga oyna tutgandek ko'rsatib berdi. Maqola ostida bildirilgan aksariyat fikrlarda esa futbol o'ynash qizlarning ishi emasligi haqida so'z borgan, nachora?

Futbol - millionlar o'yini. Bu sport turi allaqachon dunyoda birinchi raqamli nomni biz dunyoga kelmagan vaqtdayoq olib ulgurgan. "Sport - sog'lik garovi", futbol bilan shug'ullangan kishi jismonan tetik va baquvvat bo'ladi. Sportchilarning turli kasalliklarga qarshi kurasha oladigan immuniteti mavjud bo'lishi tibbiyot tomonidan tasdiqlangan. Savolni bir oz g'ayritabiiy uslubda qo'yaman, futbol uchrashuvlari vaqtida bir jamoa safida necha nafar futbolchi maydonda harakat qilishi kerak? Bizda hozirgi vaqtda qizlar o'rtasida U-16 chempionati chempionati tashkil etilgan. Ushbu musobaqaning ayrim o'yinlariga borib ko'rdik, bazi jamoalar safida butun o'yin davomida 8-9 nafar futbolchi harakat qildi. Zaxirada esa hech kim yo'q! Xatto asosiy tarkib uchun 11 nafar futbolchi qiz topilmagan. Nega? Taxmin qilamiz, balki hamma ota-ona ham qizini futbolchi sifatida ko'rishni hohlashmaydi. Yoki bu jamoalarga bo'layotgan etiborsizlik sabab qizlar futbolni kasb sifatida tanlashni istamaydilar. Bu erda na tashkilotchini (O'zPFL), na futbol klublarini ayblamoqchi emasmiz. CHunki hech kimni majburan olib kelib futbol o'ynata olmaysiz, inson huquqlari nuqtai nazaridan haqqingiz yo'q. Jamoangiz tarkibida 9 nafar futbolchi qiz bormi? Reglamentda bunga ruxsat berilgan va 11 nafar futbolchisi bor jamoaga qarshi o'ynashingiz kerak, vassalom.

So'ngi yillarda O'zbekiston futbol associaciyasi, O'zPFL va xududiy futbol associaciyalari tomonidan yosh futbolchi qizlar o'rtasida turli musobaqalar faoliyati yo'lga qo'yildi. Buni samarali islohot sifatida aytsak, kelgusida albatta biz yuqorida tilga olgan muammolar barham topadi. Yani 9 nafar futbolchi zaxira vakillarisiz butun bir o'yinni o'tkazmaydi. O'ynaganlarga esa qoyil qolmasdan iloj yo'q, yani shapalaqlar bolsyn!

So'zimiz yakunida mavzudan chekingan xolda maqolaning eng avvalgi qismida tilga olganimiz - Aybek Aknazarov tomonidan saytimizga bergan videoni taqdim etamiz. Qoraqalpog'iston kubogi musobaqasining milliylik ufurib turgan rasmiy madhiyasi. Taklifimiz, har bir xududiy futbol associaciyasi ham o'zi tashkil etayotgan musobaqaning rasmiy madhiyasini ishlab chiqishi kerak, balki bordir, biz eshitmadik. Qachongacha hamma joyda O'zPFL madhiyasidan foydalanaveramiz?

QFAga esa tashabbus uchun shapalaqlar bolsyn!


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика