So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  1 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  7 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

Aybek Nurbaev: "Jayxun" futbolchilari mahalliy bolalardan tuzilgan, aksariyati endi futbolga qadam bosgan" Yangiliklar

Aybek Nurbaev: "Jayxun" futbolchilari mahalliy bolalardan tuzilgan, aksariyati endi futbolga qadam bosgan"

Pro liganing 17-turidan joy olgan "Olimpik" – "Jayxun" (3:1) uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aybek Nurbaev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalambor, "Olimpik"ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Ulan anchadan beri bunga erisholmayotgandi. Jamoaga keyingi o'yinlarda ham omad tilayman. "Olimpik"ning o'yinini tahlil qilib, bahsga astoydil tayyorlangandik. Yigitlarimizga etiroz yo'q. 10 kishi bo'lib qolsak-da, munosib o'yin ko'rsatishdi. Qo'pol xatolar evaziga gollar o'tkazib yubordik. To'g'risini aytsam, bolalarga tajriba etishmayapti. Zamonaviy futbolga yondashishga va yaxshi mashg'ulotlar o'tkazib, tayyorgarlanyapmiz. Biroq o'yinda hammasi ham o'xshamayapti. Uydagi va mehmondagi o'yinlar farq qilmoqda. Buni safar bilan bog'lamoqchi emasman. Shunchaki to'g'ri futbol o'ynash kerak. Bizga jamoa shakllanishi uchun 1-2 yil vaqt kerak. "Jayxun" futbolchilari mahalliy bolalardan tuzilgan, aksariyati endi futbolga qadam bosgan. Keyingi ikki turni — "Lokomotiv" va "FarDU"ni uyda qabul qilamiz. Buyog'iga shu o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz", – dedi Nurbaev.

- Birinchi bo'limda "Olimpik" ustunlik qildi, ikkinchi bo'limda esa "Jayxun" ustunlikni qo'lga oldi. Sizlar mezbonlarning ikkinchi bo'limdagi sarosimasidan foydalanib ketishingizga nima xalaqit qildi? Jamoangiz hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi...

- Birinchi taymda o'yinga moslashish qiyin kechdi. Ikkinchi taymda bir yo'la 3 ta o'zgarishga qo'l urdik. Bu bizga foyda berdi. Zaxiradan tushirgan futbolchimiz gol urdi. Keyin diqqat-etiborni yo'qotdik va gollar o'tkazdik. Bu uchinchi yoki to'rtinchi o'yindayoq ro'y bermoqda. Bolalarda tajriba yo'q, ayniqsa, himoyada ko'p muammolarimiz bor. 10 kishi bo'lib qolganimizdan keyin baribir hujumga o'tishga to'g'ri keldi. To'g'risini aytsam, hech bo'lmasa durangni ko'zlagandim. Shuning uchun himoyachi o'rniga hujumchini maydonga tushirgandim. Bugun ham "Aral" bilan o'yindagi singari bir kishi kam qoldik va ketma-ket gollar o'tkazdik. Hamma yigitlar va qizil kartochka olgan futbolchimiz bilan gaplashib olamiz. Ketma-ket ikkita o'yinda chetlatish yuzaga kelmoqda, bu yaxshi emas. Shu tufayli jamoa qiyin ahvolda qolmoqda. Yigitlar harakat qildi, bu bo'yicha etiroz yo'q.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика