So’nggi yangiliklar

21:15BALLON D'OR-2025  4 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  2 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  16 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  4 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  4 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  4 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  35 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  10 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  5 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5

“Bir futbolchi tarixi”. MYUda tanilgan niderlandiyalik Timoti haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. MYUda tanilgan niderlandiyalik Timoti haqida

2017 yilgi Evropa ligasining finali “Ayaks” – “Manchester Yunayted” bahsida angliyaliklar safida bir futbolchining ismi yodimda qolgan edi.

Timoti Fosu-Mensa – menga rossiyalik estrada yulduzi Timatining ismini eslatib yuborgan. CHap qanot himoyachisi sifatida tanigan bu futbolchi 13 yanvar kuni “Bayer” jamoasi safiga borib qo'shildi. Bugun biz aynan shu charm to'p ustasi bilan tanishamiz.

Timoti Fosu-Mensa – kim o'zi u?

Qahramonimiz Gollandiyaning poytaxti Amsterdam shahrida Ganadan kelgan muhojirlar oilasida 1998 yilning 2 yanvar kuni tug'ildi. Yoshligidanoq futbolga bo'lgan qiziqishi ortgan Timoti “Ayaks” futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2014 yilning sentyabr oyida “Manchester Yunayted” safiga ko'chib o'tdi. Futbolchi o'sha vaqtda 16 yoshda edi.


Klublardagi faoliyati haqida


“Ayaks” akademiyasida o'ynagan kezlari asosan markaziy himoyachi sifatida maydonda harakat qilgan Fosu-Mensa MYUga o'tgandan so'ng jamoaning turli yoshdagi jamoalarida nafaqat markaziy himoya, balki qanot himoyasida, hatto markaziy yarim himoyachi poziciyalarida ham o'ynagan. O'sha paytlardanoq jismoniy kuch va yaxshi tezligi bilan boshqa tengdoshlaridan ajralib turgan.

“Manchester Yunayted” safidagi dastlabki o'yinini 18 yoshida o'tkazdi. APL doirasida “Arsenal” bilan bo'lgan bahsda chap qanot himoyachi sifatida maydonga chiqdi. O'sha uchrashuvda jamoasi bilan birga g'alabaga erishdi (3:2). MYU tarkibida asosiy tarkib futbolchisi sifatida “Uotford” bilan bo'lgan bahsda markaziy himoyada harakat qildi. O'sha bahs ham “qizil iblislar”ning g'alabasi bilan tugadi. 2016 yilning oktyabr oyida Timoti manchesterliklar bilan 2020 yilning iyuniga qadar bo'lgan shartnomani imzoladi. O'sha mavsumda futbolchi 24-raqam ostida maydonga tushdi.

Biroq shunday bo'lsa-da, asosiy tarkibda ha deganda o'yinlarda qatnashavermasdi. 2017 yilning 10 avgust kuni APLning boshqa bir jamoasi – “Kristal Pelas”ga ijaraga berildi. Debyut o'yinini 2 kun o'tgach – 12 avgustda “Xaddersfild” jamoasiga qarshi o'yinda o'tkazdi. Biroq o'sha o'yinda jamoa 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Mavsum so'nggida klub 11-o'rinni egalladi. Timoti “Kristal Pelas”da o'sha mavsum 28 o'yinda maydonga tushdi va 2 ta sariq kartochka ishlab oldi.



Fosu-Mensa “Manchester Yunayted”ga qaytib o'z o'rnini topmoqchi bo'ldi, biroq APLning boshqa bir jamoasi – “Fulxem” klubiga ijaraga berib yuborildi. U erdagi debyut bahsi “Tottenxem”ga qarshi o'yinda bo'lib o'tdi va maydonda to'liq harakat qildi.

2019 yilning 13 aprel kuni esa futbolchi tizzasidan olgan og'ir jarohatidan keyin MYU safiga qaytdi. SHundan so'ng bergan intervyusida futbolchi jaroahati haqida ham to'xtalib o'tgan: “Bu, albatta, ruhiy jihatdan qiyin bo'lgan. Men futbol o'ynashni yaxshi ko'raman, ammo bu o'yinning bir qismidir. Siz boshidan kuchli bo'lishingiz kerak. Axir bu jismoniy sport, shuning uchun bu narsalar sodir bo'lishi mumkin”.

Qaytganidan keyin esa 2020 yilning 16 iyul kuni “Kristal Pelas”ga qarshi o'yinda maydonga tushdi. Futbolchining Ule Gunnar Sulsher bilan munosabati yomon bo'lmagan. Intervyularidan birida “Albatta, men ko'rgan narsa Ule - bu ajoyib menejer. Uning energiyasi juda yaxshi va har safar o'yinga borganimda, men uni inson sifatida ham, menejer sifatida ham yaxshi ko'raman. Men u uchun o'ynashni xohlardim. Siz u uchun boringizni berishni xohlaysiz” – degan fikrlarni aytgan edi.

13 yanvar kuni futbolchi Germaniyaga – “Bayer” jamoasi safiga borib qo'shildi.


Terma jamoadagi faoliyati haqida

Qahramonimiz Gollandiyaning turli yoshdagi terma jamoalarida o'ynadi. U-15, U-16, U-17, U-19 va U-21 jamoalarida harakat qildi. Gollandiyaning asosiy terma jamoasi tarkibiga esa 2016 yilning may oyida chaqirildi. 2017 yilda esa JCH-2018 saralash o'yinlariga ham taklif oldi. Termadagi debyutini esa 2017 yilning avgust oyida Franciya bilan bo'lgan uchrashuvda nishonladi.


Timoti Fosu-Mensa ijtimoiy tarmoqlarda

Futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda faol. Tvitter sahifasida asosan o'zining mashg'ulot o'tkazayotgani, muxlislari, hamkasblarining harakatlari-yu, jamoasining tarmoqlarini kuzatib, ulashib boradi.

 

  


 


Instagram tarmog'ida ham asosan shunday. Bir rasmida Sesk Fabregas bilan pleysteyshn o'ynayotganida tushgan rasmini ham ko'rishimiz mumkin.


Timoti iqtidorli futbolchi. Bu yili 23 yoshni qarshi olgan yigit faoliyatidagi to'rtinchi jamoasi safiga borib qo'shildi. Germaniya uning uchun bor mahoratini ko'rsata oladigan joy bo'lsin deb qolamiz.


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика