So’nggi yangiliklar

18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  0 18:15"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  6 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  5 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5

Bilasizmi? Valeriy Lyubushin "Paxtakor" safida Braziliya va Urugvay klublariga gol urgan Yangiliklar

Bilasizmi? Valeriy Lyubushin "Paxtakor" safida Braziliya va Urugvay klublariga gol urgan

Vladivostokda voyaga etgan Lyubushin harbiy xizmatni o'tash uchun Farg'onaga keladi va keyinchalik Toshkentning "Sokol" jamoasida faoliyatini davom ettiradi.

1963 yil "Paxtakor" safiga ko'chib o'tgan futbolchi chempionat bahslarida 58 o'yinda 13 golga mualliflik qiladi. Uning faoliyatida 1964 yilgi mavsum o'chmas iz qoldirgan. SSSR chempionati birinchi ligasida 33 uchrashuvda 8 to'p kiritgan Lyubushin Toshkentda Janubiy Amerikaning ikki nomdor jamoasiga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvlarida "Paxtakor"ga muvaffaqiyat olib kelgan gollarni urgani bilan yodda qoladi. 19 aprel kuni Braziliyaning "Pirasikaba" jamoasiga qarshi bahsda Lyubushin yagona gol muallifiga aylandi. U Igor Malinovskiyning uzatmasidan keyin to'pni darvozaga kiritgan.

8 iyun kuni esa Urugvayning eng mashhur jamoalaridan biri sanalgan "Nasional" Sobiq Ittifoq bo'ylab turnesini Toshkentda davom ettirgan. "Paxtakor" bilan o'yinga qadar "Spartak", Kievning "Dinamo" va "Qayrat" bilan bahslarda urugvayliklar mag'lubiyatga uchrashmagandi. Evropada ham ular o'z turnesida engilishmagandi. Toshkentda hisobni raqibdan Sanfilippi ochgan bo'lishiga qaramay, Vladimir Tojirov birinchi bo'limning o'zida muvozanatni tiklaydi. Ikkinchi bo'limda esa Malinovskiyning to'p oshirishidan so'ng Lyubushin yana gol muallifi bo'ladi. SHu tariqa Malinovskiy va Lyubushin ijrosidagi hujumlar Janubiy Amerikaning ikki klubini mag'lub etishda yordam berdi. Valeriy Lyubushin uchun esa 1964 yilgi mavsum faoliyatidagi eng yaxshi mavsum sifatida esda qoladigan bo'ldi.



"Paxtakor" - "Pirasikaba" (Braziliya) - 1:0
1964 yil 19 aprel. "Paxtakor" stadioni. 60000 tomoshabin.
"Paxtakor"
: Yuriy Pshenichnikov, Viktor Medvedev, Valeriy Muxin, Viktor Naumenko, SHokir Ismoilov, Maqsud SHaripov, Valeriy Lyubushin, Stanislav Stadnik, Gennadiy Krasnickiy, Vladimir Tojirov, Igor Malinovskiy.
Gol: Lyubushin, 18 - 1:0.

"Paxtakor" - "Nasional" (Urugvay) - 2:1 (1:1)
1964 yil 8 iyun. "Paxtakor" stadioni. 60000 tomoshabin.
"Paxtakor":
Yuriy Pshenichnikov, Akmal Azizxo'jaev, Valeriy Muxin, Viktor Naumenko (Rival Zakirov), Maksud SHaripov, Valeriy Lyubushin, Vitaliy Suyunov, Sergey Melkumov, Gennadiy Krasnickiy, Vladimir Tadjirov, Igor Malinovskiy.
Gollar: Sanfilippi, 15 - 0:1. Tojirov, 29 - 1:1. Lyubushin, 60 - 2:1.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика