So’nggi yangiliklar

14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  17 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3

Bilasizmi? “Real” hali umuman “Liverpul” darvozasiga yo'l topa olmagan Yangiliklar

Bilasizmi? “Real” hali umuman “Liverpul” darvozasiga yo'l topa olmagan

Bugungi to'qnashuvlar tarixiga nazar solsak, qiziq holatlarga takror va takror duch kelamiz...

"Liverpul" - "Real Madrid"
CHempionlar Ligasi "B" guruhi 3-tur.
2 oktyabr 2014. Stadion: "Enfild Roud"
Bosh hakam:
Nikola Riccoli
Qanot hakamlari: Renato Faverani, Andrea Stefani
Zaxira hakami: Mauro Tonolini (Barchasi Italiyadan)


Yodingizda bo'lsa, “Liverpul” 2008/09 ECHL 1/8 final bosqichida Madridning “Real”ini ikki o'yin natijasiga ko'ra, 5:0 hisobida tor-mor keltirgan edi.




O'shanda Rafa Benites shogirdlari mehmonda minimal hisobdagi g'alabani tantana qilgan bo'lsalar, o'sha qizillarning sobiq murabbiyi Kenni Dalglish sexri mo'jizaga qodir degan stadion “Enfild Roud”da yirik 4:0 natijasi qayd etilgan.




Umuman olganda jamoalar shu vaqtgacha atigi 3 bor to'qnash kelgan va buni qarangki, ularning barchasida ingliz klubi zafar quchgan. SHuningdek, mazkur bahslarda “mersisaydliklar” “qaymoqranglilar” darvozasini 6 bor ishg'ol qilgan, madridliklar esa bir marta ham  gol ura olmagan.


Taxminiy tarkiblar:
Liverpul:
Minole – Djonson, Lovren, SHkrtel, Moreno – Djerrard, Allen - Xenderson – Koutino, Sterling, Lallana

Real: Kasilyas – Karvaxal, Pepe, Varan, Marselo – Kroos, Modrich, Isko – Rodriges, Ronaldu, Benzema


Jamoaga yordam bera olmaydiganlar: Flanagan, Suso, Starridj – Beyl, Koentrau, Xese, Ramos

Maydonga tushishi so'roq ostida: Saxo (Liverpul)




Qiziq bu safar omad kimga kulib boqar ekan? Balotelli ismli “passajiri” bor “Liverpul”gami yoki ajoyib sport formasida bo'lgan va birin-ketin gol urish bo'yicha rekordlarni yangilayotgan Ronaldu boshliq “Qirollik klubi” futbolchilarigami?


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика