Beyl faoliyatini dunyoning istalgan klubida davom ettirishi mumkin, xatto "Barselona"da ham
16 may 2019 10:31
Yangiliklar
Beyl faoliyatini dunyoning istalgan klubida davom ettirishi mumkin, xatto "Barselona"da ham
"Real" hujumchisi Garet Beyl yozgi transfer oynasida klubni tark etadi.
Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbolchi xizmatlariga ehtiyoj sezmayapti, Madrid klubiga esa xaridlar uchun pul kerak. Malumotlarga ko'ra, "Real" prezidenti Florentino Peres futbolchi agenti Jonatan Barnettga forvard dunyoning istalgan klubiga o'tishi mumkinligini aytgan. Agar "Barselona"dan taklif tushsa, uelslik Kataloniya jamoasiga o'tishi mumkin. "Qaymoqranglilar" Beyl transferidan 80 mln. evro ishlab olmoqchi.
Beylning katta maoshi (yiliga 20 mln. evro) xaridorlarni cho'chitmoqda. Agar forvard 12 mln. evrolik maoshga rozi bo'lsa, "Manchester Siti" uni xarid qilishga urinib ko'rishi mumkin. "Tottenxem" esa futbolchini ijaraga olib, uning maoshini yarmini to'lab borishga tayyor.
Fikrlar