Benzema Evropa klubiga o'tishi mumkin, u "Navbahor" bilan o'yingacha jamoada qolmasligi mumkin
02 jan 2024 18:14
Yangiliklar
Benzema Evropa klubiga o'tishi mumkin, u "Navbahor" bilan o'yingacha jamoada qolmasligi mumkin
"Al Ittihod" hujumchisi Karim Benzema Evropaga qaytishi mumkin.
36 yoshli futbolchiga Franciyaning "Lion" klubi qiziqish bildirmoqda. Klub Benzema bilan yozgi transfer oynasida shartnoma imzolamoqchi.
Karimning "Al Ittihod" bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan. Hujumchining transfer narxi 15 million evroga baholanmoqda.
Benzema joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, "Al Ittihod" OCHL nimchorak finalida O'zbekistonning "Navbahor" klubi bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar