Benzema "Al Ittihod" yig'inlaridan chetlatildi
14 jan 2024 11:11
Yangiliklar
Benzema "Al Ittihod" yig'inlaridan chetlatildi
"Al Ittihod" hujumchisi Karim Benzema jamoaning o'quv-mashg'ulot yig'inlaridan chetlatildi.
Bu qarorni jamoa bosh murabbiyi Marselo Galyardoning o'zi chiqargan.
Kichik tatildan keyin "Al Ittihod" futbolchilari juma kuni Jiddada yig'ilishlari kerak edi, biroq forvard etib bora olmagan. SHu sababli franciyalik futbolchi Dubayda boshlanadigan yig'inlarni o'tkazib yuboradi.
Oldinroq Benzema jamoaning dekabr oyidagi 3 mashg'ulotida ham qatnashmagandi. Hujumchi atrofidagilarning aytishiga ko'ra, Mavrikiydagi ciklon sababli Benzema Saudiya Arabistoniga borolmayapti.
"Al Ittihod" mamlakatning amaldagi chempioni hisoblanadi. Biroq jamoa ushbu mavsumni yaxshi o'tkaza olmayapti. 19 turdan keyin jiddaliklar peshqadam "Al Hilol"dan 25 ochkoga ortda qolgan holda 7-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar