Benatia Instagramda “Roma” muxlisini haqorat qildi
27 dek 2017 01:00
Yangiliklar
Benatia Instagramda “Roma” muxlisini haqorat qildi
“Yuventus” himoyachisi Mehdi Benatiya A seriyaning 18-turida “Roma” (1:0) ustidan qozonilgan g'alaadan keyin o'zining Instagramdagi sahifasiga raqib darvozasini ishg'ol etganidan keyingi suratini joylashtirgan edi.
Bu futbolchining sobiq jamoasi muxlislaridan birini ranjitdi. Natijala “Roma” muxlislari marokashlik futbolchini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini haqoratli so'zlar, irqchilik kayfiyatidagi fikrlar bilan to'ldirib tashlashdi. SHunday muxlislarning biriga futbolchi qo'pol tarzda javob qildi.
“Men ko'rayapman, sen “erkaksan”, mobil telefon ortida o'tirgan “qahramon”. Instagramda meni haqoratlash uchun yangi sahifa ochgansan. Ammo haqiqat shundaki, sen axlatning bir bo'lagisan” ,deya Benatia rimlik muxlisga javob yozgan.
Benatia 2013/2014 yillarda “Roma” sharafini himoya qilgan so'ngra “Bavariya”ga o'tgan. Futbolchi 2016 yildan buyon “Yuventus” tarkibida to'p tepib kelmoqda.
Fikrlar