So’nggi yangiliklar

03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  1 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  0 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  7 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0 00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  6 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  4 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  4 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  7

Bemor - sobiq futbolchi yordamingizga muxtoj! Yangiliklar

Bemor - sobiq futbolchi yordamingizga muxtoj!

Futbol o'ynab og'ir jarohat olgan va shu orqali faoliyatini barvaqt yakunlashga majbur bo'lganlar haqida eshitib turamiz.

SHuning uchun ham futbolchining birinchi dushmani jarohat deb bejiz tilga olinmaydi-da. Biz hikoya qilgan bir o'yinchi voqeasi muxlislarimizni befarq qoldirmasligiga ishonamiz. Zero, u ham o'z vaqtida “Andijon” safida to'p surgan. 

Sayriddin Gaffarov – 1990 yilning 29 avgustida Surxondaryo viloyatinig Sariosiyo tumanida tavallud topgan. Dastlab “SHo'rchi” jamoasida to'p surishni boshlagan. So'ngra 2008 va 2010 yillar mobaynida “SHo'rtan” sharafini himoya qildi. SHuningdek, Samarqandning “Dinamo”sida ham faoliyat ko'rsatdi. Agar zukko ishqibozlarimizning yodida bo'lsa, Gaffarov 2015 yili “Andijon” safida ham to'p surgan. Keyinchalik “Norin” hamda “Surxon”da ham o'ynadi. SHu bilan birga Tojikiston klublarida ham to'p surgan.

Sayriddin Gaffarov yarim himoyachi bo'lib, “Andijon”da 7 ta uchrashuvida ishtirok etgan. Afsuski, jarohat tufayli keyin safdan chiqdi. SHunga qaramay, yana faoliyatini davom ettirdi. Baribir tizzasidan olgan jarohati uni taqib qilishda davom etaverdi. Natijada Tojikistonda operaciya qildirdi. Lekin bu bilan hammasi barham topgani yo'q. 2018 yilda Sayriddin yana Tojikistonda ikkichi bor operaciya stoliga yotdi. SHunda ham ijobiylikka o'zgarish ko'zga tashlanmagach, o'sha yilning o'zida Toshkentda navbatdagi operaciya bilan yuzma-yuz keladi. 

Gaffarovning qayta-qayta jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazishidan uning o'zi va oila-azolari sog'ayib ketishidan umidvor edilar. Biroq vaqt o'tgan sari kutilmagan dard uni qamrab ola boshladi. Avvaliga elkasi, ikkala qo'li va keyin oyoqlari quvvatsizlana boshladi hamda hozirda ishlamay qolgan. Bu ham etmaganidek Sayriddin endilikda so'zlashish imkoniyatini ham yo'qotdi. Barchasiga oldingi olgan jarohatlari sabab bo'lgan. 

Turmush o'rtog'i Nargiza Komilova kechayu-kunduz erini parvarishlab kelyapti. Biz Nargiza Komilova bilan bog'langanimizda operaciyadan keyin shunday kasallik paydo bo'lganini, oyoq va qo'llari ishlamay, gapira olmay qolganini aytdi. Gaffarov nimadir demoqchi bo'lsa imo-ishoralar bilan tushuntiradi va buni faqat turmush o'rtog'i ilg'ay oladi. 

SHuningdek, Nargiza Komilovaning aytishicha, operaciyadan keyin asab tolalarining emirilishi evaziga hozirda mana shunday ahvolga tushib qolgan. Komilovaning yana qo'shimcha qilishicha, bunday kasallik O'zbekistonda kamdan-kam uchraydigan toifalardan biri bo'lib, shifokorlar “Bac” tashxisini qo'yishgan. 

Sayriddin Gaffarovni ko'rsatmagan shifokorlar va tabiblari qolmagan. Qaerda shifo uchun sabab bo'ladigan maskanni eshitishsa, o'sha joyga olib boraverdilar. Biroq dardiga davo topish juda qiyin kechmoqda. Bu albatta Allohning sinovi.

Sayriddinni uch nafar farzandi bor - Jasmina, Mustafo va Iymona. Uning oila-azolari va yaqinlari shifo topishidan umid qilib tinmasdan Yaratgandan Sayriddin haqqiga duoda bo'lishmoqda. Farzandlari hali juda yosh. Eng kattasi 2015 yilda tavallud topgan. Bu yoqda esa onaizor turmush o'rtog'ining dardi bilan yashamoqda. Oyoq-qo'li ishlamay, gapirishdan ham qolgan. SHu bois ayoli eriga ediradi, ichiradi, xullas, Sayriddin Gaffarov bir o'zi hech nima qila olmaydigan darajaga tushib qolgan. 

Hozir sobiq futbolchi har qachongidan ko'ra ko'makka muxtoj bo'lib qolgan. Biz bilamizki, Allohning savobidan umid izlayotgan holda mana shunday og'ir dardga duchor bo'lganlarga himmat ko'rsatish istagidagilar oramizda yo'q emas. SHunday ekan, futbol orqali og'ir jarohat olib, keyinchalik dardga chalingan Sayriddinni ham qo'llab-quvvatlashni unutib qo'ymaylik. U hozir Allohning bergan dardiga shukr keltirib, sinovlariga bardosh berib kelyapti.  

Sayriddin Gaffarov to'p surgan klublar, o'zbek futboli jamoatchiligi, muxlislar va qo'yingki, barcha-barchadan uni moddiy tomondan qo'llab-quvvatlashga chaqiramiz va xayriya akciyasi start olganligini malum qilamiz.

Xayriya uchun karta raqamlari - 8600 0609 6678 9944 (Komilova Nargiza, UZCARD)

4073 4200 7787 3325 (Sayriddin Gaffarov, HUMO)

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика