So’nggi yangiliklar

08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  0 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  6 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  12 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  29

Belgiyalik "aristokrat" - Eden Azar! Yangiliklar

Belgiyalik "aristokrat" - Eden Azar!

Teglar :  AzarCHelsi
Bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan Eden Azar haqidagi malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.


Eden Azar - 1991 yilning 7 yanvarida Belgiyaning La-Luver shahrida tug'ilgan. Belgiya terma jamoasi sardori, "CHelsi" futbolchisi. Hujumkor yarim himoyachi.

U o'zining driblinglari, ijodkorligi va tezligi orqali o'yinni tezda o'zgartirib yubora oladigan futbolchi. OAVda uni tez-tez Messi va Ronalduga taqqoslab turishadi.

Eden Azarning otasi ham o'z vaqtida futbolchi bo'lgan va mahalliy "Royyal Stad Brainua" va "Tyubiz" jamoalarida o'ynagan.

Qahramonimiz 2005 yilda Franciyaga ko'chib o'tganidan so'ng "Lill" azosiga aylanadi. 2007 yilning noyabrida jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushadi. Asosiy jamoadagi ilk mavsumida u chempionatning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topiladi. Azar bunday etirofga sazovor bo'lgan ilk francuz bo'lmagan futbolchi edi. Kelasi mavsumda ham u mana shu unvonni qo'lga kiritgan. SHuningdek, chempionat ramziy terma jamoasidan o'rin olgan. U debyutidan so'ng Rudi Garsiya qo'l ostidagi jamoaning almashtirib bo'lmas futbolchisiga aylanib bo'lgandi.

2010/11 yilgi mavsumda esa "Lill" bilan "oltin dubl"ni amalga oshirgan.

2012 yilning iyunida "Lill"da o'tgan 8 yildan so'ng "CHelsi" safiga borib qo'shiladi.

Azar ilk marotaba Belgiya milliy terma jamoasidan chaqiruv olganida mamlakatning 17 yoshlilar terma jamoasi futbolchisi hisoblanardi. 2008 yilning 19 noyabrida (17 yosh 316 kun)  Lyuksemburgga qarshi o'yinda ilk marotaba Belgiya terma jamoasi safida maydonga tushgan. Oradan 3 yil o'tib, 2011 yilning 7 oktyabrida esa ilk golini raqib darvozasiga (Qozog'iston) kiritgan.

SHaxsiy hayoti

Eden La-Luverda tug'ilgan bo'lsada, Valloniyada o'sib-ulg'ayadi. Uning otasi Terri va onasi Katrinlar ham futbol bilan shug'ullanardilar. Otasi Belgiya ikkinchi divizionining "Luveros" jamoasida o'ynagan bo'lsa, onasi mamlakat birinchi divizionining ayollar jamoasida hujumchi poziciyasida o'ynardi. Ular sportchilik faoliyatini yakunlaganlaridan so'ng sport professorlariga aylanishadi.

Edenning uch nafar ukasi bor. Ular  futbol bilan shug'ullanadilar. Ulardan biri Torgan ayni paytda Myunxenning "Borussiya" jamoasi sharafini himoya qiladi.

Eden va uning ukalarida futbolchi bo'lish uchun etarli sharoitlar bo'lgan.


Faoliyatining boshlanishi

Eden futbolga ilk qadamlarini 4 yoshida "Royyal Stad Brainua" safida qo'ygan. O'shanda uni murabbiylaridan biri Azar haqida shunday degandi: "U men o'rgatishim mumkin bo'lgan barcha narsani biladi". 8 yoshida esa u "Tyubiz"ga ko'chib o'tadi. 14 yoshida "Lill" nazariga tushadi. Klub rahbariyati va Edenning otasi o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng futbolchiga yoshlar shartnomasi taklif qilinadi.

"Lill"

2007 yilda esa "Lill" futbolchiga professional shartnoma taklif qiladi va tomonlar uch yillik kelishuvga imzo chekadilar.

Azar bu orada qanday natijalarga erishgani haqida yuqorida aytib o'tdik.




2009/10 yilgi omadli mavsumdan so'ng Edenning tranferi haqida mish-mishlar paydo bo'la boshladi. Biroq, klub prezidenti Mishel Seydu futbolchiga "Arsenal", "Manchester Yunayted", Inter", "Barselona" va "Real" kabi jamoalardan qiziqish borligiga qaramay, uni sotmaslikka qaror qiladi. Franciya futboli afsonalaridan biri Zinedin Zidanning shahsan o'zi uni "Real"ga tavsiya qiladi: "Eden texnik tomonlama iqtidorli va tezkor. Kelajakda u yulduz bo'ladi. Uni ikkilanmasdan "Real"ga olgan bo'lardim", degandi o'shanda u.

2010/11 yilgi mavsumda u jamoasi bilan Franciya chempionligini va mamlakat kubogini qo'lga kiritadi.


"CHelsi"

2012 yilning 4 iyunida 21 yoshli futbolchi "CHelsi" bilan kelishuvga erishadi va klubda tibbiy ko'rikdan o'tadi.

2012 yilning 12 avgustida u Angliya Superkubogida "aristokratlar" safida debyut qiladi. Ammo, o'sha o'yinda londonliklar "Manchester Siti"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandilar. APL doirasidagi "Uigan"ga qarshi bo'lib o'tgan dastlabki o'yinida u golli uzatma muallifiga aylanish bilan birga, jamoasiga penalti ishlab ham beradi. Keyingi turda esa klub safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritadi. O'sha o'yinda londonliklarga "Nyukasl" raqib vazifasini bajargandi.

U o'ziga hos natija qayd etib APL tarixiga kirgan. Yarim himoyachi dastlabki uchta o'yinida eng yaxshi futbolchi bo'lgan.





Ilk mavsumida "CHelsi" bilan Evropa Ligasi g'olibiga aylangan.

2014 va 2015 yillarda "CHelsi"ning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi.

2015 yilda shuningdek APLning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan mukofot ham Azarga topshiriladi.

2012 yildan beri "CHelsi" safida 226 ta o'yinda maydonga tushib, 101 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.



Belgiya terma jamoasi libosida esa 98 marotaba maydonga tushib, 27 marotaba gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.


Erishgan yutuqlari:

"Lill"

Franciya chempioni: 2011

Franciya kubogi sohibi: 2011

"CHelsi"

Angliya chempioni: 2015

Futbol ligasi kubogi sohibi: 2015

Evropa ligasi g'olibi: 2013

Angliya kubogi sohibi: 2018

Belgiya terma jamoasi:

2018 yilgi jahon chempionatining bronza medali sohibi

SHaxsiy yutuqlari:

Franciya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi: 2009, 2010

Franciya chempionatining eng yaxshi futbolchisi: 2011, 2012

Yil jamoasi azosi: 2010, 2011, 2012

Franciyada oy futbolchisi: 4 marotaba

"Bravo" sovrini sohibi: 2011

"CHelsi"ning eng yaxshi futbolchisi: 2014, 2015

Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi: 2015

"CHelsi"ning mavsumdagi eng yaxshi goli: 1

APLda oy futbolchisi: 1

Belgiyaning eng yaxshi futbolchisi: 2017

UEFAning yil jamoasi: 2017

Jahon chempionatining "Kumush to'pi" sohibi: 2018

Belgiyada yil sportchisi: 2018

Vikipediya malumotlari asosida tayyorlandi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика