So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  3 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  15

Baxtiyor Sattorov: SHerdor Xorazmni kuchli ishtiyoq evaziga mag'lub etdi Yangiliklar

Baxtiyor Sattorov: SHerdor Xorazmni kuchli ishtiyoq evaziga mag'lub etdi

O'zbekiston Kubogi 1/16 final doirasidagi “SHerdor” – “Xorazm” (3:2) uchrashuvidan keyin SHerdor bosh murabbiyi Baxtiyor Sattorov o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Nimchorak finalga chiqqanimizdan juda xursandmiz. “Xorazm” klubi ancha tajribali jamoa sanaladi. Tarkibi va murabbiylari Oliy Ligada tajriba to'plagan. Bizning “SHerdor” jamoamiz esa yosh bo'lishiga qaramay, bahsda faqat g'alabani ko'zlagandik. Yigitlarga rahmat, ikkinchi bo'limda uchta gol urishga erishdik. Ammo o'yinning so'nggi 10 daqiqaligida g'alabaga erishdik deb hisoblashdi chog'i, bemalol to'p surganligimiz uchun ikkita to'p o'tkazib yubordik. “Xorazm” bilan o'yin juda ko'p kamchiliklarimizni ko'rsatdi, ular ustidan ishlashda davom etamiz. Eng asosiysi tomoshabop bahsda muhim g'alabaga erishib, kubokda nimchorak final bosqichiga chiqa olganimizdan juda xursandmiz.

- Ikkinchi bo'limda Faxriddin Alimovning maydonga tushirilishi o'yin tizginini o'zgartirib yubordi. “Dubl”ini rasmiylashtirgan bu futbolchi sizda “yashirin qurol”midi yoki majburiy o'zgarishmidi?


- Ochig'ini aytsam, Faxriddin “yashirin qurol” emas, majburiy o'zgarish edi. Bunaqa yomg'irli ob-havoda ikkinchi bo'limda tezligi yaxshi bo'lgan yangi kuchni maydonga tushirishimiz shart edi. 18 yoshli Faxriddin hali umrida birinchi bor bunday katta bahsda, muhitda maydonga tushdi. Yaxshi tezligi evaziga ikkita goli bilan g'alabaga katta hissa qo'shdi. Bugun uning kuni ekan, o'z so'zini ayta oldi. Yomg'irli ob-havoda haqiqiy futbol atmosferasi yuzaga keldi, muxlislar ham 5 ta gol ko'rib, chiroyli futbol guvohi bo'lishdi. G'alaba bilan samarqandlik muxlislarni tabriklaymiz.

- O'tgan uchta o'yinda ham «SHerdor» “validolli o'yin namoyish etdi – «Labsa» bilan 1:1 va penaltilar seriyasi 7:6, «Nurafshon» bilan 2:3, «Xorazm» bilan esa 3:2. Tomoshabop o'yindan siz murabbiy sifatida qoniqayapsizmi?


- CHindanam, har o'yinimiz hujumlar va gollarga boy o'tmoqda. Raqibni kuchli ishtiyoq evaziga mag'lub etdik. Tarkibimiz yosh, jamoamiz hali yangi bosqichga chiqqanligini his qilolmayapti. SHu bois ko'p kuch sarflab hujumkorlikka zo'r berayapmiz, himoyalanayapmiz, ammo natijamiz barqaror bo'lmayapti. SHu bois, asosan ishtiyoq, maydondagi “jang”, keskin kurashlar evaziga g'alaba qozonayapmiz. Ammo o'yinni o'z vaqtida nazorat qilishni ham bilishimiz kerak. O'ylaymanki, Pro-Liga 5-turlaridan keyin jamoamizning o'yini barqarorlashadi. Jamoa ishtiyoqidan qoniqayapman, ammo hali o'yinimizdan emas. Hali ko'p ishlashimiz kerak. Tarkibimizni Samarqandning barcha tumanlaridan kelgan futbolchilar bilan shakllantirganmiz. Bunday o'yinlar bilan sekin-asta tajriba yig'iladi. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolaman.

Usmon IBODOV yozib oldi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика