So’nggi yangiliklar

17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  4 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  11 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  105 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  6 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  13 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1

Baxtiyor Ashurmatov: "Ulug'bek Baqoevni o'yin oxirida maydonga chiqarishga majbur bo'ldim" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Ulug'bek Baqoevni o'yin oxirida maydonga chiqarishga majbur bo'ldim"

Matbuot anjumani ikkinchi qismida "Navbahor" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

"O'yindan ikkin kun oldin jamoa muxlislari bilan uchrashgandik. Ular ko'plab yaxshi niyatlar bildirishgandi. Muxlislarimiz jamoa g'alaba qozonishini istashgandi. Ularning tilaklarini va faqat g'alaba kerakligini yigitlarga etkazgandim. SHogirdlarim keragidan ortiq ruhlanib ketishdi. SHuning uchun his-xayajon sezilib turdi va o'yin biz istagan darajada chiroyli bo'lmadi. Uchrashuv asabiy kechdi. Muxlislarimizning oxirigacha bizni qo'llab-quvvatlashlari natijasida o'zimiz uchun kerakli bo'lgan natijani qo'lga kiritdik. "Neftchi" bejizga etakchilar qatorida yurmaganini isbotladi. Farg'onaliklar bugun chiroylik futbol namoyish etishdi, xavfli vaziyatlar sodir etishdi. SHuning uchun ikkala jamoa azolariga tashakkur bildiraman.

Ulug'bek Baqoevni o'yin oxirida maydonga chiqarishga majbur bo'ldim. Bu qaysidir manoda tavakkalchilik bo'ldi. Ulug'bek ishonchimizni oqlab, kerakli gol muallifiga aylandi. Baqoev jamoadoshlarini ruhlantirishi va ularda jangovorlikni kuchaytirishi kutilgandi. Bu o'zgarishimiz to'g'ri bo'lib chiqdi. Birinchi davraga nisbatan hozir "Navbahor" axilroq. Jamoa axilligi evaziga kerakli ochkolarni qo'lga kiritmoqda deb o'ylayman. Davron Isoqov bugun maydonga chiqishga tayyor edi. Ammo, o'yindan avval "Neftchi" beshta himoyachi bilan o'ynashini bilardik. SHuning uchun yakkakurashlarda g'olib chiqa oladigan bo'ydor futbolchilar xizmatidan foydalanishni lozim topdik. SHu sababli Davron bugun uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi. Keyingi o'yinlarda bizga Isoqovning foydasi tegadi deb o'ylayman. "Neftchi"ning "SHo'rtan"ga qarshi G'uzorda o'tgan o'yinini o'yingohdan kuzatib bordim. Ularning "Lokomotiv" bilan kechgan o'yinini ham ko'rib chiqdik. Raqibimiz kuchli va kuchsiz taraflarini bilardik. Akmal Xolmatovning qanday ajoyib xolatda ekanidan xabarimiz bor edi. SHunga qaramay darvozabonimiz Akmal Ortiqov ishonchli o'yin ko'rsatdi. Teng kurashlar ostida kechgan o'yinda omad biz tomonimizda bo'ldi".

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика