So’nggi yangiliklar

18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  2 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  1 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  10 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  2 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  7 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5

Baxtiyor Ashurmatov: "Ikkinchi bo'limni juda bo'sh o'tkazdik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Ikkinchi bo'limni juda bo'sh o'tkazdik"

Superliganing 10-turida “So'g'diyona” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.




- “So'g'diyona”ning kuchini qaysi jihatlarda ekanini bilardik. Futbolchilarimizga ham takidlagandik, ularning birinchi kuchi standart vaziyatlar, ikkinchisi tajovuzkor futbol ko'rsatishadi, yakka kurashlardagi ko'p vaziyatlarda g'olib chiqishadi va oxirigacha kurashadi. Afsuski, biz aytgan jihatlarda yutqazdik. SHoxruz Norxonov standart vaziyatlarda juda xavfli ekanini aytgandik. Biroq burchak zarbasidan keyin uni “yo'qotib” qo'ydik va gol o'tkazdik. Bu gol o'yinda tub burilish yasadi. Ikkinchi golda biz markazda yakka kurashda yutqazdik va raqib gol urdi. 

SHundan keyin tavakkal qilishga majbur bo'ldik va uchta hujumchi bilan o'ynadik. “So'g'diyona” uchun bo'shliqlar paydo bo'ldi. Natijada ular bundan foydalandi. Birinchi bo'lim bilan ikkinchi bo'lim o'rtasida katta farq bo'ldi. Ikkinchi bo'limni juda bo'sh o'tkazdik. “So'g'diyona” jamoasi esa ikkinchi bo'limda har tomonlama kuchliligini ko'rsatdi. Mezbonlarni tabriklaymiz. SHuncha yo'l bosib jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun muxlislarimiz etib kelishgandi. Hamma narsani tushunishim mumkin, aytaylik, futbolda yutqazish yoki raqib jamoa omadliroq chiqishi va imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Lekin futbolchilar jonini berib o'ynamagani, yakka kurashlarda sog'ligini o'ylab kurashmaganlarni tushunmayman. Mana shunday kurashmaydigan o'yinchilar keyingi o'yinlardan zaxirada qoladi.

Hozir qaysidir futbolchilarni ayblamoqchi emasman. Ammo biz yakka kurashlarda yutqazdik. Tarkibimizda tanlash imkoniyati ko'p emasdi, bor imkoniyatlardan foydalanishga harakat qildik. Biroq 3:0 hisobidagi mag'lubiyat juda og'riqli. Ayb biz murabbiylar shtabida, aybni o'z bo'ynimizga olamiz. Uch kundan keyin yana o'yin va tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика