So’nggi yangiliklar

19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   1 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  0 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  10 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  1 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  3 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  18 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  19 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  5 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  3 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugungi o'yin U-23 Osiyo kubogi finali fonida ko'zga ko'rinmagan bo'lishi mumkin" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugungi o'yin U-23 Osiyo kubogi finali fonida ko'zga ko'rinmagan bo'lishi mumkin"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov fikrlarini bildirdi. 

O'yin haqida

- Gapning ochig'i bir necha kun oldin bo'lib o'tgan final o'yini fonida bugungi o'yin ko'zga ko'rinmagan bo'lishi mumkin. Finalda ikki jamoa sifatli futbol ko'rsatdi. Lekin yigitlar boshlarini mag'rur qilib maydonni tark etdilar. Timur Kapadze ajoyib jamoa shakllantirganini barcha ko'rdi. Bugun biz raqibga jangovarlik borasida yutqazmadik. Vaziyatlar ko'p bo'lmadi. SHunga qaramay o'ylaymanki, g'alabaga loyiq edik.  Afsuski, oxirgi daqiqalarda etiborsizlik qimmatga tushdi. Raqib futbolchilarining oxirigacha kurashganini ham aytish joiz. Uch ochko muhim edi. CHunki turnir jadvalidagi holatimizni yaxshi deb bo'lmaydi. O'yin tengkurashlar ostida, maydon markazida kechdi. O'yin oxirida esa aniq paslar etishmadi. 

- "Bunyodkor" o'z o'yinini ko'rsata olmadi. "Qo'qon-1912" bugun shundan foydalanib ketishi mumkin edi. CHunki tarkibdagi futbolchilarning tajribasi va mahorati bobida jamoangiz ustun edi...

- To'g'ri "Bunyodkor" futbolchilari barqaror o'yin ko'rsatishmayapti. Bu bilan ularning futbolchilarini saviyasiz, demagan bo'lardim.  "Bunyodkor"da yosh va o'sishga intilayotgan futbolchilar bor. Davron Ergashev, Ibrohim Tomiva, Avazbek O'lmasaliev, Dilshod Jo'raev kabi futbolchilar fonida yoshlar o'sib boryapti. Raqibdan kelib chiqib futbolchilarga faqat g'alaba qoniqtirishini aytgan edik. 

- Markaziy yarim himoyachilar Quvondiq Ro'ziev va Javohir Sidiqovning hozirgi sport formasi sizni qoniqtiryaptimi? Fikrimcha ular sust harakat qildi...

- 1:0 hisobida oldinga chiqib olganimizda markazni kuchaytirib, himoyaviy futbolchini tushirishimiz kerak edi. Ushbu poziciyada o'tgan yili tanlov imkoniyati ko'proq bo'lgandi. Deylik Farhod Bekmurotov, Iqbol Malikjonov, Yakuba Bamba bor edi. Himoyaga moslashgan markaziy yarim himoyachi topa olmadik. Quvondiq bugun yomon saviyada o'yin namoyish qilmadi. Agar imkoni bo'lganida himoyaga moslashgan o'yinchini tushirardim. Javohir Sidiqov bundan yuqori darajada o'ynay oladi. O'ziga ham o'yini yoqmayotgan bo'lishi mumkin. U oxirgi o'yinlarda jarohati bilan o'ynayapti. Raqobat bo'lanida unga dam olish imkonini berar edik. Javohir bundan ham yaxshi o'ynaydi. Dilshod Rahmatullaev, markaziy yarim himoyachilardan qoniqqanimiz yo'q.  Umid qilamanki, navbatdagi uchrashuvlarda yanada yaxshiroq to'p tepishadi.

- Hujumdagi o'yinchilarni xavfli vaziyatga chiqaradigan keskin uzatmalar etishmagandek ko'rindi...

- Keskin paslar etishmagani uchun ham vaziyatlar kam bo'ldi. Biz chiroyliroq futbol tarafdorimiz. "Bunyodkor" futbolchilari himoyadan chiqqanda bosim qilishga harakat qildik. Darvoza tomon zarbalar kam bo'ldi.  Raqobat bo'lmasa futbolchining o'sishi qiyin. Sidiqov va Ro'ziev "qora" ishdan cheklansa, kuchi ham etadi, imkoniyatlari ko'proq bo'ladi. Balki raqobat yo'qligi uchun ham o'z saviyasida to'p tepa olishmayotgan bo'lishi mumkin. Birinchi davra yakunlansa, markazdagi raqobatni oshirish ustida ishlaymiz.

- Qo'qonda rahbariyat o'zgargani jamoada o'z aksini topyaptimi?

- Katta transfer ko'rmasak kerak. Yangi rahbariyat izlanmoqda. Oxirgi ikki o'yinda maksimal ochko olib rahbariyat bilan gaplashib olishni rejalashtirgandik. Hozircha imkoniyatimizni bilmayman. Klubga katta maqsadlarga ega inson keldi. Bu Qo'qon futboli uchun foydali bo'ladi, deb o'ylayman. Tarkib bilan bog'liq masalalarni ijobiy hal qila olmasak shu holat davom etishi mumkin. Kubokda, Superligada barqaror ishtirok etishimiz qiyin bo'ladi. 

- Klubning o'rinbosarlari haqida...

- Sardor Etovqo'ziev, Diyor Jaloliddinov, Murod Komilov bugun ularni tushirishga tavakkal qilmadik. CHunki himoyaga moslashgan futbolchilarni olib keldik. O'rinbosarlar tarkibini "Bunyodkor" bilan tenglashtirmagan bo'lardim. O'rinbosarlar jamoasida muammolar bor. Asosiy tarkibga kam mahalliy futbolchilar etishib chiqyapti. Yangi rahbarlar shunga etibor qaratishni niyat qilishgan. "Bunyodkor" shunday jamoaki, raqiblari futbolchilarini ismini bilishmaydi. Bizda ham malumot kam. Bu klubning yutug'i. CHunki akademiyasi bor. Agar raqibga yaxshi baho bermasak, yomon oqibatlarga olib kelishi malum edi. Yigitlarga shuni tushuntirdik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика