So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:0 (матнли трансляция)  6 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  11 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Baxtiyor Ashurmatov: "Asosiysi g'alabani qo'lga kiritish edi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Asosiysi g'alabani qo'lga kiritish edi"

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida jurnalistlarning savollariga “Navbahor” murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov javob qaytardi.


- Bugun mavsumning eng qiyin va asabiy o'yinlaridan birini o'tkazdik. Afsuski so'nggi turlarda, mag'lubiyatlar girdobiga tushib qolgandik. SHu sababli, “Andijon”ga qarshi o'yinni masuliyati va bosimi katta edi. Bunga yana bir sabab sifatida andijonliklarni so'nggi uchrashuvlarda munosib tarzda to'p surayotganliklarini ham ko'rsatish mumkin. Ular har bir o'yinda oxirgi jangga chiqqandek harakat qilishmoqda.Bunga raqibning “SHo'rtan” va “Lokomotiv”ga qarshi kechgan o'yinlari yozuvini ko'rgach amin bo'ldik. O'sha bahslarda ular yomon taassurot qoldirishmagandi. Bugungi o'yinda havotirlarimiz o'z istotini topdi.Yani “Andijon” jamoasi oxirgi soniyalargacha o'zi uchun kerakli natija uchun kurashdi. Aynan shu sababli, bugungi bahs biz uchun qiyin bo'ldi. Muxlislarimiz etirozlarini to'g'ri tushunish kerak. Negaki ular o'yingohga dam olgani va chiroyli futbol tomosha qilish ilinjida kelishadi. Bugungi o'yin uchun ishqibozlarimizdan uzr so'ragan bo'lardim.Hozirgi sharoitda asosiysi g'alaba qozonish va uch ochkoni qo'lga kiritish edi. Masalan “Bunyodkor” yoki “Paxtakor”ga qarshi jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatdi. Muxlislarimiz imkoniyatni boy bergan bo'lishimizga qaramay, jamoamiz azolarini olqishlar bilan kuzatib qo'yishgandi. Afsuski o'sha o'yinlarda ochko ola bilmagandik. Bugun esa o'zimiz va muxlislar xohlagandek o'yin ko'rsatmagan bo'lsakda, uch ochkoni qo'lga kiritishni uddasidan chiqdik. Aynan shu sababli, ushbu bahsda asosiysi uch ochkoni qo'lga kiritish hisoblanardi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика