So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

"Bavariya"ni ECHLdan chiqarib yuborgan "Vilyarreal" La Liganing 14-jamoasini enga olarmikin? Yangiliklar

"Bavariya"ni ECHLdan chiqarib yuborgan "Vilyarreal" La Liganing 14-jamoasini enga olarmikin?

Bugun La Liga 32-turining navbatdagi 4 ta o'yini bo'lib o'tadi.

Ularning ichida shubhasiz, ECHL yarim final ishtirokchisi "Vilyarreal"ning "Xetafe" bilan to'qnashuvi ispan futboli ishqibozlari etiborida bo'ladi.

Ispaniya chempionati doirasida ushbu klublarning o'zaro o'yinlar statistikasiga etibor qaratadigan bo'lsak, oxirgi 5 o'yinning barchasida "Vilyarreal" zafar quchgan — 2 marta 3:1 hisobi va qolgan o'yinlarda 1:0 natijasi qayd etilgan.  


Xetafe

"Xetafe" mavsum avvalida Ispaniya Kubogi doirasida "Molerussa"ni yirik hisobda mag'lub etdi (5:1). Biroq keyingi bosqichda kutilmaganda "Atletiko Baleares"dan qaqshatqich zarba qabul qilib oldi (0:5).

Primerada jamoa 31-turga kelib, 7 g'alaba va 11 durang bilan 32 ochko jamg'argan. Avvaliga "Malorka"ni enggan (1:0) Kike Sanches Flores shogirdlari o'tgan turda "Real"ga yutqazib qo'yishdi (0:2) va 14-pog'onani band etib turishibdi. 

Bugun mezbonlarga Xonatan Silva, elkasidan jarohat olgan Mata va diskvalifikaciya sabab Jene Dakonam yordam bera olmaydi.


"Vilyarreal"

"Vilyarreal" CHempionlar Ligasini ishonchli tarzda o'tkazdi. Pley-offning dastlabki bosqichida Emeri shogirdlari ko'pchilik uchun kutilmaganda "Yuventus"ni osonlik bilan taslim qilishdi (ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:1). CHorak finalda esa yana bir nomdor raqib "Bavariya"ga (ikki o'yin natijasiga ko'ra 2:1) chiqish eshiklari ko'rsatildi.

La Ligada mehmonlar 12 g'alaba va 10 durang bilan 46 ochko jamg'argan. Ettinchi o'rinda borayotgan "sariq suvosti kemasi" o'tgan turda "Atletiko" bilan (1:1) durang qayd etgandi.

Bugun jamoaga Bulae Dia va Alberto Moreno yordam bera olishmaydi.

Yaqin kunlarning eng shov-shuvli sensaciyalaridan birining "aybdori" bo'lgan "Vilyarreal"ning ichki chempionatdagi ishlari unchalik yurishmayapti. To'g'ri, kayfiyat alo darajada, ammo "Bavariya" bilan javob bahsida ko'p kuch yo'qotilgani ham bor gap. Har ikki tomondan ehtiyotkorlik va kam sonli gol(lar) kutilayotgan bahsda Unai Emeri jamoasi g'alaba uchun harakat qiladi. Faqat shu yo'l bilan evrokuboklar zonasiga yaqinlashib olish mumkin. 


La Liga. 32-tur
"Xetafe" - "Vilyarreal"
Xetafe, "Kolozeum Alfonso Peres" o'yingohi

Getafe

Enes Unal - 63'

LaLiga . 32-tur

17/04/2022, 01:00

2
:
1
Tugadi

Villarreal

Gerard Moreno - 7', Manuel Trigueros - 16'

Stadion: Coliseum Alfonso Perez, 9657 tomoshabin

Bosh hakam: Pablo Gonzalez

45'
90'
20'  Damian Suarez
46'  Erick Cabaco (Borja Mayoral)
46'  Carles Alena (Oscar Rodriguez)
60'  Mauro Arambarri
63'  Enes Unal
63'  Mathias Olivera
77'  Sandro Ramirez (Gonzalo Villar)
82'  Quique Sanchez Flores
84'  Damian Suarez (Juan Iglesias)
7'  Gerard Moreno
7'  Paco Alcacer
16'  Manuel Trigueros
16'  Gerard Moreno
61'  Paco Alcacer (Arnaut Danjuma)
61'  Gerard Moreno (Giovani Lo Celso)
68'  Samuel Chukwueze (Yeremi Pino)
68'  Daniel Parejo (Etienne Capoue)
84'  Manuel Trigueros (Moi Gomez)


La Liga ishqibozlari uchun ushbu telegram-kanalni tavsiya qilamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика