"Bavariya" prezidenti: "Biz ECHLda chorak finalga chiqamiz"
16 fev 2024 14:39
Yangiliklar
"Bavariya" prezidenti: "Biz ECHLda chorak finalga chiqamiz"
"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner klubi ECHL 1/8 finalida "Lacio" to'sig'idan o'ta olishiga ishonadi.
Eslatib o'tamiz, Rimda o'tgan dastlabki bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
"Agar mavsum sovrinsiz tugasa klubga nima bo'ladi? Bu bizni tashvishga solmayapti. Bizda hamon ECHLda keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. "Lacio" to'sig'idan o'ta olamiz. Javob bahsida vaziyatni o'zgartiramiz va chorak finalga chiqamiz. Muxlislarimiz bilan, to'lib-toshgan "Alyanc-Arena"da bunga erisha olamiz. Bundesligada 13 ta o'yin bor. Biz taslim bo'lmaymiz. "Bavariya" doim o'ziga ishonadi, oxirgi daqiqaga qadar", — deydi Xayner Bayern & Germany nashriga.
Ayni paytda "Bavariya" Bundesligada 50 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "Bayer" hisobida 55 ochko bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar