So’nggi yangiliklar

17:39"Нефтчи" "Пахтакор"ни ютиб, Суперкубокни қўлга киритган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 17:17Бекобод шаҳри Ўзбекистон Кубоги финали ёки Суперкубокка мезбонлик қилиши мумкин?!  2 16:51"Футбол олами". Финалларда ҳакамлар хатоси одат тусига кирди  9 16:38"Финалиссима" барибир Мадридда бўладиган бўлди  9 16:15Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби "Нефтчи"ни тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  5 15:53"Бавария"да дарвозабонлар қолмади — барчаси жароҳатланган  1 15:25Флик ва Деку Рэшфорднинг келажаги бўйича турлича қарашга эга  4 14:56Родри: "Биз курашни давом эттирамиз"  12 14:29Романо: Испания ва Аргентина терма жамоалари футболчилари Финалиссима ўйинида майдонга тушишга тайёр эди  2 14:01Эшли Коул Италия клуби бош мураббийи этиб тайинланди  1 13:33Гави майдонга қайтиши ҳақида: "Флик доимо мен билан бирга эди, худди отамдек"  0 13:05"Бунёдкор" академияси раҳбари билан очиқ-ойдин суҳбат  1 12:49Кутилмаган бурилиш: Гвардиола Европа терма жамоасига мураббийлик қиладими?  10 12:26Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  4 11:58"Реал" кутилмаган трансферга тайёрланмоқда  16

Bavariya Koutino bilan kelishuvni avgust oxiriga qadar uzaytirmoqchi Yangiliklar

Bavariya Koutino bilan kelishuvni avgust oxiriga qadar uzaytirmoqchi

“Bavariya” rahbariyati “Barselona”dan ijaraga olingan yarim himoyachi Koutno bilan kelishuvni joriy mavsum yakuniga qadar uzaytirmoqchi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, agar Koutinoning jarohatdan forig' bo'lishi reja bo'yicha ketsa, u iyun oyi o'rtalarida safga qaytishi kutilmoqda. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, braziliyalik futbolchi Bundesliganing so'nggi tur uchrashuvlarida maydonga tusha oladi.

Agar Koutino kutilgan sport formasiga qayta olsa, Germaniya kubogi finalida ham to'p tepishi mumkin. Buning uchun myunxenliklar musobaqa yarim finalidan muvaffaqiyatli o'tishlari kerak bo'ladi. SHuningdek, futbolchi avgust oyida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan ECHL uchrashuvlarida ham jamoasiga yordam berishi mumkin.

Buning uchun “Bavariya” futbolchi bilan amaldagi kelishuvni avgust oyi oxiriga qadar uzaytirishi lozim bo'ladi. Nemis klubi bu ishni amalga oshirishi uchun “Barselona” bilan kelishib olishi darkor.

Hozircha “Bavariya” rahbariyati ijara muddatini uzaytirish borasida Koutinoning o'ziga xabar bermagan.

Koutino 24 aprel kuni o'ng oyog'idan olgan jarohati bois jarrohlik stoliga yotqizilgan edi. 

Ilgariroq futbolchining xizmatlariga “Nyukasl”, “CHelsi” va “Lester” qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqatilgandi. “Bavariya” futbolchining transferini sotib olish niyatida emas.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика