“Bavariya” ECHLda zafar quchsa, “Barselona” “Liverpul”ga 5 mln evro o'tkazib beradi
15 avg 2020 20:50
Yangiliklar
“Bavariya” ECHLda zafar quchsa, “Barselona” “Liverpul”ga 5 mln evro o'tkazib beradi
Bu haqda Daily Mail malum qiladi.
Manbaga ko'ra, “Bavariya” CHempionlar Ligasining joriy mavsumida zafar quchsa, “Barselona” Filippe Koutinoning sobiq klubi “Liverpul”ga 5 mln evro o'tkazib berishiga to'g'ri keladi.
Bu Koutino bilan imzolangan shartnomadagi bandda ko'rsatilgan. Agarda braziliyalik futbolchi 2018/19 yoki 2019/20 yilgi mavsumda ECHL titulini qo'lga kiritsa, ingliz klubi bonus summani olish huquqiga ega bo'ladi. Filippe qaysi jamoada bo'lishining esa ahamiyati yo'q.
Eslatib o'tamiz, “Barsa” Koutinoni myunxenliklarga ijaraga bergandi. U kecha o'tgan ECHL 1/4 bosqichi doirasidagi uchrashuvda (8:2) “ko'kanorranglilar” darvozasini ikki bor ishg'ol etish bilan birga bitta golga hammualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди
Fikrlar