"Bavariya" afsonasi yozda jamoani tark etadi
29 mar 09:01
Yangiliklar


"Bavariya" afsonasi yozda jamoani tark etadi
"Bavariya" klubi yarimhimoyachisi Tomas Myuller mavsum yakunlangach jamoa bilan xayrlashadi.
Futbolchi o'zaro kelishuv asosida shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi, deya xabar berdi Germaniyaning Bild nashri. Unga hozirda MLS klublaridan takliflar bor. Shuningdek, Saudiya Arabistoni jamoalari ham u bilan bog'liq vaziyatni jiddiy kuzatib bormoqda.
Malumot o'rnida, U "Bavariya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Myuller nemis grandining asosiy jamoasida 2009 yildan beri harakat qilib keladi. Shu vaqt ichida yarim himoyachi 741 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 247 ta gol va 273 ta golli uzatma bor. Myuller joriy mavsum barcha musobaqalardagi 34 o'yinda maydonga tushib, 5 gol va 5 assist muallifi bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar