So’nggi yangiliklar

13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  9 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  7 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  10 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0

Bartomeu yana sahnada! U Suaresni "Atletiko"ga o'tishini to'xtatib qo'ydi. Urugvaylik g'azabda Yangiliklar

Bartomeu yana sahnada! U Suaresni "Atletiko"ga o'tishini to'xtatib qo'ydi. Urugvaylik g'azabda

"Barselona" forvardining "Atletiko"ga o'tishi kechikadigan ko'rinadi.

Kataloniya klubi prezidenti Jozep Bartomeu Madrid klubi bilan bo'layotgan muzokaralarni to'xtatdi.

Bartomeu kulgili qaror qildi. "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Suaresga ishonch bildirmadi va uni klubdan ketishini xohladi. Klub esa Suaresning bir yillik shartnomasi borligi tufayli unga malum bir miqdorda tovon puli berib xayrlashmoqchi edi.

Ammo, prezident "Barselona" ustozi xohlamayotgan futbolchini majburan ketayotganiga qaramasdan, uning boshqa klubga o'tishidan pul ishlamoqchi.

Uning fikriga ko'ra, madridliklar urugvaylikning transferi uchun pul to'lashlari kerak. Ammo, "Atleti" "Barsa"ga kerak bo'lmay qolgan Suaresni o'z tarkibiga qo'shib olish uchun pul berishi qiyin masala.

Urugvaylik rahbariyatning bu qaroridan g'azabda. Suares ham o'z navbatida advokatlari bilan bog'lanib ular bilan birga voqeani bayon qilish uchun press-konferenciya uyushtirmoqchi. U shu haftada shartnomani bekor qilish bo'yicha "Barselona" bilan hal qilgan og'zaki kelishuv amalga oshishi kerak deb hisoblaydi.

Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика