"Barselona"ning yana bir himoyachisi jarohat oldi
15 okt 2018 15:54
Yangiliklar
"Barselona"ning yana bir himoyachisi jarohat oldi
"Barselona" va Belgiya terma jamoasi himoyachisi Tomas Vermalen SHveycariyaga qarshi Millatlar ligasi o'yinida (2:1) jarohat oldi.
Tibbiy ko'rikdan so'ng futbolchida son orqa qismi mushkalari jarohati aniqlandi.
Vermalenning safga qaytishi uchun 6 hafta kerak bo'ladi.
Tomas Vermalen bu vaqt ichida Belgiyaning Gollandiyaga qarshi, "Barselona"ning "Sevilya", "Inter", "Real" va "Atletiko" bilan bo'ladigan o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
Oldinroq, "Barselona"ning boshqa himoyachisi Samuel Yumtiti joriy yil maydonga tusha olmasligi elon qilingan edi.
Jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde qo'l ostida ikki nafar markaziy himoyachi qoldi. Ular Xerard Pike va Kleman Lengle.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar