APL klubi bosh murabbiyi bilan shartnomani 2032 yilning yozigacha uzaytirdi
27 fev 13:49
Yangiliklar
APL klubi bosh murabbiyi bilan shartnomani 2032 yilning yozigacha uzaytirdi
Uning o'rinbosari Kit Endryus esa daniyalik murabbiy belgilab bergan darajani saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi va klub buning uchun unga misli ko'rilmagan ishonch bildirdi.
"Asalarilar" o'z murabbiyi bilan APLdagi eng uzoq shartnomalardan birini imzoladi — 2032 yilning yozigacha. Fabricio Romanoning aniqlashicha, yangi kelishuvga ko'ra, Endryusga hozirgidan ancha yaxshi shartlar taqdim etilgan.
Eslatib o'tamiz, 45 yoshli irlandiyalik Endryus "Brentford"ni o'tgan yozda qabul qilib oldi. Undan oldin Frank shtabida bir mavsum texnik murabbiy bo'lib ishlagan, ungacha esa hech qachon bosh murabbiy bo'lmagan.
APLda 27 ta o'yindan so'ng "Brentford" jadvalda 7-o'rinda bormoqda va evrokuboklar hududidan 5 ochko ortda qolyapti. Jumladan, "asalarilar" "Arsenal"ga qarshi o'yinda xarakter ko'rsatib, APL etakchisidan ochko tortib olgandi (1:1).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar