Manba: Tudor - "Tottenxem" yangi bosh murabbiyi
13 fev 19:25
Yangiliklar
Manba: Tudor - "Tottenxem" yangi bosh murabbiyi
Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Londonliklar xorvatiyalik mutaxassis bilan muzokaralarni yakunlab, joriy mavsum oxirigacha amal qiladigan shartnomaning asosiy shartlarini kelishib oldi.
Xabar qilinishicha, klub rahbariyati hal qiluvchi uchrashuv o'tkazib, yakuniy qarorni Tudor foydasiga qabul qilgan. Shartnoma qisqa muddatli bo'lib, mavsumning so'nggi qismida jamoa natijalarini barqarorlashtirishga qaratilgan. Murabbiy va uning vakili taklif etilgan shartlarga rozilik bildirgan.
Tudorning tayinlanishi Tomas Frank bilan xayrlashuvdan keyin amalga oshdi. "Tottenxem"da bosh murabbiy almashinuvi jamoadagi vaziyatni tezkor tarzda yaxshilash va mavsumning hal qiluvchi bosqichida barqarorlikni taminlashga yordam beradi deb umid qilinmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar