Barselonaning kelasi yozdagi ilk transfer maqsadi malum
31 okt 2024 09:23
Yangiliklar
Barselonaning kelasi yozdagi ilk transfer maqsadi malum
Barselona kelasi yozda jamoaga birinchi navbatda darvozabon olib kelmoqchi.
Kataloniyaliklar «Portu» darvozaboni Diogu Koshta bilan shartnoma tuzishni reja qilgan.
Futbolchi uchun kurashda ispaniyaliklar «Manchester Siti»ni yutishlari lozim bo'ladi. «SHaharliklar» ham yozda aynan shu darvozabon bilan shartnoma tuzishni maqsad qilgan.
25 yoshli Koshta «Portu» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 7 ta uchrashuvda gol o'tkazmadi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi esa 45 million evroga baholanmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar