"Barselona"da seni shu erdagidek sevishlariga umid qilaman". "Atletiko" prezidenti Grizmannga aytgan so'nggi so'zlarini esladi
20 noy 2020 12:24
Yangiliklar
"Barselona"da seni shu erdagidek sevishlariga umid qilaman". "Atletiko" prezidenti Grizmannga aytgan so'nggi so'zlarini esladi
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso hujumchi Antuan Grizmanning "Barselona"ga o'tishdan oldingi xayrlashuv so'zlarini esladi.
"Men aytdim: "Barselona"da ham senga "Atletiko"dagidek munosabatda bo'lishlariga, sevishlariga juda ham umid qilaman". Vaziyat ayni damda qandayligini bilmayman. Kataloniya klubi esa hozir yaxshi holatda emas", - deydi Sereso.
Grizmann "Barselona"ga "Atletiko"dan 2019 yilning yozida 120 million evro evaziga o'tgan edi.
Grizmann joriy mavsum "Barselona" tarkibida Ispaniya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga bo'lib o'tadi.
→ "Atletiko" - "Barselona" va La Liganing qolgan shiddatli o'yinlari uchun prevyu
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar