“Barselona” yarim himoyachisi PSJga o'tdi
06 okt 2020 08:52
Yangiliklar
“Barselona” azosi Rafinya Alkantara PSJ futbolchisiga aylandi. Parijliklar 27 yoshli braziliyalik futbolchi bilan 2023 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan. U yangi jamoasida 12-raqam ostida to'p tepadi. Rafinya o'tgan mavsumni “Selta” safida ijarada o'tkazib, 32 ta o'yinda qatnashgan va 4 ta gol urgandi.
Fikrlar