So’nggi yangiliklar

16:05"Барселона"да янги Месси пайдо бўлиши мумкин  1 15:37Ўзбекистон U-15 терма жамоаси РФА U-16 билан дуранг ўйнади  0 15:15Эшитдик-да! "Манчестер Сити" "Ланс"дан яна бир футболчи сотиб олмоқчи  0 14:47Эрон ФИФАдан ўйинларини АҚШдан Мексикага кўчиришни сўрамоқда  4 14:19"Барселона"да Хулиан Альварес эҳтимолий трансфери ҳақида фикр билдирилди  0 13:51Карло Анчелотти: "Реал"дан кейин бошқа клубда ишлашни истамадим"  0 13:26"Арсенал" янги ҳужумчи топди  0 12:58Испания терма жамоаси Аргентина ўрнига тезда янги рақиблар топди  2 12:30Манба: "Барселона" Флик билан шартномани узайтиради  0 12:01"Нефтчи"нинг грециялик мураббийи: "Соврин қўлга киритиш — бу таърифлаб бўлмайдиган туйғу"  7 11:35Аёллар Жаҳон чемпионати энди орзу эмас  10 10:52Неймар Анчелоттининг қарорига муносабат билдирди  1 10:27Гвардиола деярли 100 миллион евролик ҳимоячини сотиб олишни сўради  9 10:00Мбаппе "Реал"га ўтмаган тақдирда қайси клубда фаолиятини давом эттирган бўлишини маълум қилди  4 09:23Дембеле ПСЖдаги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  2

"Barselona" vice-prezidenti ayollar futbolida El Klasikoni ko'ra olmayotganidan afsusda Yangiliklar

"Barselona" vice-prezidenti ayollar futbolida El Klasikoni ko'ra olmayotganidan afsusda

Barselona vice-prezidenti Jordi Mestre Realning ayollar jamoasi yo'qligiga munosabat bildirdi.

“Ispaniya chempionatining ayollar o'rtasidagi bahslarni yanada kuchaytirish mumkinligi ko'rinib turibdi. Mamlakat federaciyasi bu ishni amalga oshirish maqsadida bosh qotirayotganidan xabarimiz bor. Hozirda televideniya orqali ko'plab uchrashuvlar namoyish etilmoqda. Avvallari bunday emasdi. Bu esa omma hamda xomiy tashkilotlarning etiborini qozonishga sababchi bo'ladi. Ispaniyada ayollar jamoasi bilan yaxshi ishlaydigan klublar etarli. Misol uchun «Atletik», «Real Sosedad» va «Atletiko». Biroq, afsuski, «Real»da bunday jamoa yo'q. Agar bo'lganida edi, bu ayollar futboli uchun juda yaxshi bo'lardi. El-klasikoga o'xshash to'qnashuvlar raqobatni kuchaytirdi. Bu esa ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'lishi aniq. Ammo shuni ham aytish joizki, barchaning o'zi o'ylab qo'ygan g'oyasi va strategiyasi mavjud. O'ylashimcha, «Real» ayollar jamoasini qiziqarli loyiha deb hisoblamagani uchun tashkil qilmagan”, – deya qayd etgan Jordi Mestre.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика