"Barselona" tez orada yana bir transferni elon qilishi mumkin
01 apr 2019 16:19
Yangiliklar
"Barselona" tez orada yana bir transferni elon qilishi mumkin
"Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligt faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi gollandiyalik futbolchi uchun kurashda etakchiga aylanib oldi.
"Barselona" mart oyida "Ayaks" va de Ligtga rasmiy taklif yuborgan edi. Transfer Frenki de Yong uchun berilayotgan mablag'dan (75 mln. evro) kamroq pul evaziga amalga oshadi, ammo shartnoma shartlari o'xshash.
"Ayaks" de Ligt transferidan katta mablag' ishlab olmoqchi edi, ammo futbolchi Kataloniya klubiga o'tishni istayotgani uchun uni arzonroqqa berib yuborishga rozi bo'ldi.
"Barselona" ushbu transfer haqida "Ayaks" hamda "Yuventus" o'rtasidagi CHempionlar ligasi o'yinidan oldin elon qilmoqchi.
Oldinroq, Kataloniya klubi Frenki de Yong transferi haqida elon qilgan edi. Futbolchi yozda "Barselona" safiga qo'shiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar