"Barselona" rahbariyati Dembelening o'zini tutishidan mamnun emas
15 noy 2018 10:59
Yangiliklar
"Barselona" rahbariyati Dembelening o'zini tutishidan mamnun emas
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu, klub bosh direktori Xosep Segura va texnik kotib Erik Abidal jamoa hujumchisi Usmon Dembelening agenti bilan uchrashuv o'tkazishdi.
Malumotlarga ko'ra, ko'k-anorranglilar rahbariyati agentga Dembele o'zini professionallarcha tutishini, mashg'ulotlarga o'z vaqtida etib kelishini so'radi. Hujumchi ispan tilini bilmasligi tufayli, hamyurtlari Samuel Yumtiti va Kleman Langledan boshqa hech qaysi jamoadoshi bilan gaplashmas ekan.
Eslatib o'tamiz, oldinroq futbolchi "Inter"ga qarshi bahs oldidan "Barselona"ning yig'ilishiga kech qolgan edi.
Dembelening o'zini tutishi uning avvalgi klubi - "Borussiya"ga ham yoqmagan edi. 2017 yilning yozida 21 yoshli futbolchi "Barselona"ga tezroq o'tish maqsadida nemis klubi mashg'ulotlarida ishtirok etmagan. Natijada Usmonni mashg'ulotlardan chetlashtirishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar