"Barselona" rahbari: "Dembele Neymardan kuchliroq"
05 iyu 2019 22:30
Yangiliklar
"Barselona" rahbari: "Dembele Neymardan kuchliroq"
Barselona prezidenti Xosep Bartomeu Neymarning Kataloniyaga qaytishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
«Bilaman, Neymar PSJdan ketishni xohlamoqda. Lekin, bu haqda faqat matbuot orqali eshitmoqdaman. SHuningdek, PSJning u bilan xayrlashishni xohlamasligidan ham xabarim bor. SHunday ekan, bu savolni yopildi deb aytsak bo'ladi. Umuman olganda men Dembeleni Neymardan kuchliroq deb hisoblayman. Tarkibimizda u kabi yuqori saviyali futbolchining bo'lishi esa bizning omadimizdir», – deydi Bartomeu.
Qayd etish joizki, oldinroq Neymar «ko'k-anorranglilar» rahbari bilan transfer borasida kelishib olgani malum qilingandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar