"Barselona" qishki transfer oynasida "Tottenxem" futbolchisi uchun kurashadi
16 okt 2018 11:26
Yangiliklar
"Barselona" qishki transfer oynasida "Tottenxem" futbolchisi uchun kurashadi
"Barselona" qishki transfer oynasida "Tottenxem" markaziy himoyachisi Tobi Alderveyreldni xarid qilishga urinib ko'radi.
28 yoshli futbolchining ingliz jamoasi bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
"Tottenxem"da himoyachi bilan shartnomani avtomatik tarzda bir yilga uzaytirish imkoniyati bor, biroq himoya chizig'ida kadrlar etishmovchiligiga duch kelgan Kataloniya klubi futbolchi uchun kurashadi. "Barselona"ning ikki markaziy himoyachisi Samuel Yumtiti va Tomas Vermalen jarohat sababli bir necha haftaga safdan chiqishdi.
Alderveyreld joriy mavsum "shporlar" safida APLning 7ta uchrashuvida maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar