Alderveyreld vahima kasalligi tufayli Belgiya terma jamoasini tark etganini aytib berdi
18 noy 2024 23:01
Yangiliklar
Alderveyreld vahima kasalligi tufayli Belgiya terma jamoasini tark etganini aytib berdi
"Antverpen" himoyachisi 2023 yilning martida milliy jamoa bilan xayrlashgan edi.
"Yunion"ga qarshi kubok bahsida mag'lub bo'lganimizdan so'ng xafa edim. O'sha kecha uxlay olmadim va katta kuch oladigan mashg'ulot o'tkazish uchun tongda bazaga yo'l oldim. Yo'lga otlanishdan avval kofeini bor tabletka ichdim, chunki kofeni yoqtirmayman.
Mashinaga o'tirganimda yuragim daqiqasiga 1000 marta ura boshladi. Yurak huruji boshlandi deb o'yladim. Bo'ldi tugadi, bolalarimni qayta ko'ra olmayman. Mashinani chetga oldim, mebel do'koniga kirib, menga tez yordam chaqirib berishni so'radim.
Stress tufayli yurak urishim tezlashgan ekan. Bu vahima kasalligini keltirib chiqardi, shu sababli yuragim tez ura boshlagan. Qaysidir onda o'zingni hozir o'lib qoladigandek his qilasan.
Testlar o'tkazdik, ammo hammasi joyida edi. Keyin odamlar bilan suhbatlashdim va ular buning bariga stress sababligini aytishdi.
SHu sabab terma jamoa bilan xayrlashdim" - dedi Alderveyreld.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar