Pyanich rasman faoliyatini yakunladi. U Qozog'iston klubiga o'tmaydi
27 jan 20:32
Yangiliklar
Pyanich rasman faoliyatini yakunladi. U Qozog'iston klubiga o'tmaydi
CSKA hamda Bosniya va Gercegovina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Miralem Pyanich faoliyatini yakunlaganini rasman elon qildi. 2025 yil oxirida Pyanich boshqa futbol o'ynashni istamasligini aytgan edi. Yanvar oyida Pyanichning Nanining izidan "Aqtobe"ga o'tishi haqida xabar tarqalgan edi.
"Men bir umr o'z kuyimni chalib keldim. Har bir to'pga tegish, har bir pas, har bir zarba - bu nota edi. Futbol mening musiqam, maydon esa pianinom edi. Bu o'yinning go'zalligini eshitishingizni orzu qilardim.Bugun yuragim minnatdorchilikka to'lib, aytishim mumkinki, bu simfoniya mening hayotim edi. Uni sizlar bilan baham ko'rish men uchun sharaf bo'ldi. Har doim mening asosiy suyanchig'im va ko'zga ko'rinmas kuchim bo'lgan oilamga alohida minnatdorchilik bildiraman. Orzularimni, fidokorliklarimni va g'alabalarimni baham ko'rgan murabbiylarimga, jamoadoshlarimga. Texnik xodimlar, shifokorlar va sahna ortida mehnat qilgan barchaga. Muxlislarga, bu o'yinning joniga. Bu musiqaning bir qismi bo'lganingiz uchun hammangizga rahmat," - deb yozdi Miralem.
35 yoshli bosniyalikning faoliyatidagi so'nggi klubi u yozda tark etgan CSKA bo'ldi. Pyanich shuningdek, "Mets," "Lion," "Roma," "Yuventus," "Barselona," "Beshiktosh" va "Al Sharja" klublarida ham o'ynagan. U "Yuventus" bilan 7 ta, "Al Sharja" bilan ikkita, "Barselona," CSKA va "Beshiktosh" bilan bittadan sovrin yutgan.
Pyanich Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida 115 ta o'yin o'tkazgan - bu ko'rsatkich faqat Edin Jekoda undan ko'proq (146).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar