"Barselona" qiyin va irodali g'alabaga erishdi
28 apr 2014 01:00
Yangiliklar


"Barselona" qiyin va irodali g'alabaga erishdi
Ispaniya chempionati, 35-tur.
"Vilyarreal" - "Barselona" 2:3
"El Madrigal" stadioni.
Hakamlar: David Fernandes Borbalan, Raul Martinez, Xorxe Prieto.
Gollar: Kani (45), Trigueros (55), Paluista (65-o'z darvozasiga), Musakko (78- o'z darvozasiga), Messi (83)
"Vilyarreal":
Asenxo, Mario, Musakko, Gabriel, Yokich, B.Soriano, Trigeros, Pina
(Akino, 35), dos Santos (Ikechukvu Uche, 82), Perbe (X. Pereyra, 14),
Kani.
"Barselona": Xose Pinto, Dani Alves, Bartra, Maskerano,
Adriano, Buskets, Xavi (Telo, 62), Inesta, Sanches (Fabregas, 62),
Messi, Pedro (S.Roberto, 90).
Ogohlantirishlar: Sanches (50), Mario (56), Buskets (85), Trigeros (89), Kani (90), Dani Alves (90).
MATNLI TRANSLYACIYA
"Barselona" muxlislarini irodali g'alaba bilan tabriklaymiz! Etiboringiz uchun rahmat! Sizlar uchun ushbu o'yin sharhida SHahboz Beg'amov ishladi. Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol ishqibozlari!
90` Uchrashuv yakunlandi!
88` "Barselona" qisqa vaqt ichida vaziyatni tubdan o'zgartirib yubordi. Boshqacha aytadigan bo'lsak, "Vilyarreal" ularga o'zi ko'maklashib yubordi.
86` "Vilyarreal" muxlislari maydonga banan uloqtirishdi. Dani Alvesh esa bananni egisi kelib o'tirgan ekan. Alvesh shartta bannanni olib eb qo'ydi! Molodec, Alvesh! :-)
85` Antiqa va qiziqarli voqealarga boy bo'layotgan uchrashuv!
83` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Messi! "Barselona" futbolchilari o'zlari ham gol kirita olishlari mumkinligini isbotlashdi! Lionel Messi jamoasini hisobda oldinga olib chiqmoqda! 2:3!
80` "Vilyarreal" futbolchilariga nimadir bo'lgan ko'rinadi... Ikkinchi bor o'z darvozalarini nishonga olishmoqda... SHunaqasi ham bo'lib turadi!
78` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 2:2! "Vilyarreal" himoyachisi Musakko o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ymoqda! Bugun maydon egalari to'rtta gol kiritishdi!
76` "Barselona" o'ylayotgan rejalarni maydon egalari himoyachilari "o'qib" olishmoqda...
74` "Vilyarreal" oldinga borishi mumkinligi esiga tushib ketdi. Yaqindagina ular bu vaziyatlardan unumli foydalana olishayotgandi. Yana urinib ko'rishmoqchi.
72` "Barselona" darvoza tomon 15 bor zarba yo'lladi. SHularning 5 tasi Asenxo darvozasi tomon aniq yo'naltirilgan.
70` "Barselona" barchasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Qolgan 20 daqiqada "Vilyarreal" jamoasini haqiqiy sinov kutmoqda. Kuzatamiz...
68` "Barselona"ga mezbonlar himoyachisi yordamlashib yubordi.
66` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Barselona" hisobni qisqartirmoqda! "Vilyarreal" futbolchisi Paulista o'z darvozasiga to'pni kiritib qo'ymoqda.
65` Kataloniyalik futbolchilar vaziyatni o'nglay olishadimi?
63` "Barselona" tarkibida o'zgarishlar ruy berdi. Sanchesning o'rniga Telo, Xavi esa o'z joyini Fabregasga bo'shatib berdi.
60` Ikkinchi goldan avval Messi jarima zarbasini tepgandi. Leoning aniq yo'naltirgan zarbasini Asenxo mohirlik bilan qaytardi va o'sha hujum mezbonlarga samara keltirdi.
58` "Barselona" o'z o'yinini o'zgartirmasa gol urish tugul, yana to'p o'tkazib yuborishi mumkin. Xerardo Martino jamoa o'yinini o'zgartira oladigan qaror qabul qilishi kerak. Yoki ushbu turdan so'ng "Barselona" chempionlik poygasini tark etishga majbur bo'ladi!
57` "Vilyarreal" keyingi yili evrokuboklarda ishtirok etishni juda istamoqda. "Barselona" yana bir bor jazolanmoqda. Maydon egalarining kam sonli hujumlari yana foyda keltirdi.
55` GOOOOOOOOOOOOL! Trigueros !"Vilyarreal" hisobni oshirmoqda. 2:0!
52` Messi o'z uslubida jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba berdi. Lekin Asenxo burchakka yo'naltirilgan zarbani qaytarishga erishdi.
50` "Barselona" tezkorlikni oshirishi zarur.
48` "Barselona" vaziyatni o'nglash uchun oldinga bormoqda.
Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Birinchi bo'limda to'liq ustunlik Kataloniya klubi qo'lida edi. Lekin maydon egalari tanaffus oldidan ketma-ket uyushtirgan hujumlari samara keltirdi. Kanining aniq zarbasi "Vilyarreal"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda "Barselona" to'pga egalik qilishni emas, etarlicha vaziyatlar yaratish borasida biroz bosh qotirmasa bo'lmaydigan ko'rinadi. Hozircha maydon egalari o'z imkoniyatlaridan maksimal tarzda foydalana olishdi. Ikkinchi 45 daqiqalik bo'limni kutamiz!
Birinchi bo'lim tugadi! TANAFFUS!
45+1` GOOOOOOOOOL! Kani! 1:0! "Vilyarreal" to'pni nazoratini "Barselona"ga berib qo'ydi va o'zi qulay vaziyat yaratib imkoniyatdan foydalandi. Kani tanaffus oldidan jamoasini g'olib sifatida olib chiqib ketmoqda.
45` Tushunmadim, nimalar bo'lmoqda? Golmi...?
44` "Vilyarreal"ning kiritgan goli inobatga olinmadi. Bu vaziyatda to'p darvozaga kirmagan ekan.
43` "Barselona" raqib darvozasi oldida qulay imkoniyat paydo bo'lishini izlamoqda. Lekin bugun mezbonlar himoyachilari osonlikcha ularga bunday vaziyatni sovg'a qilishmoqchi emasdek...
40` "Barselona" to'pni "Vilyarreal"ga bermayapti. Yoki mezbonlar to'pni olishni uddasidan chiqa olishmayapti.
38` Bugun "Vilyarreal"ning omadi kelmayapti. Birinchi bo'limdagi ikkinchi jarohatva ikkinchi majburiy o'zgarish. Tomas Pina o'rniga Xaver Akino maydonga tushirildi.
35` "Vilyarreal" hujumdan ko'ra, himoyada tartibliroq va ishonchliroq harakat qilmoqda.
34` "Barselona"ning hujumi. Xavi faol. Lekin bugun kataloniyaliklarga biroz aniqlik etishmayapti.
32` To'p bilan muomalada bo'lish hozirgacha bo'lgan ko'rsatkich: 25% - 75%
30` "Vilyarreal" ham faollashdi. Ularning tashkil etgan hujumlari yakuniga etmay qoldi.
28` Bugungi bahsda kataloniyaliklar uchun g'alaba juda zarur hisoblanadi.
26` Hozirgina maydon egalari tarkibida maydonga tushgan Pereyra o'tkir burchakdan zarba yo'lladi. Uning zarbasi esa o'z jamoadoshiga tegib qaytdi.
24` Bugungi o'yinda tezkor gol kiritish hech bir jamoaga nasib etmadi.
22` Inestaning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.
20` "Vilyarreal" ham javob qaytarishga urinib ko'rdi. Lekin bu foyda bermadi. Bu orada Pedro o'zining kuchli zarbasi bilan raqib futbolchisini "uxlatib" qo'ydi.
17` Xavfli vaziyat! "Barselona" uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyatni sodir etdi! Messi qulay vaziyatga ega bo'lgandi. Leoning zarbasini Asenxo oyoqlari bilan qaytarib yuborishga erishdi. Hisob ochilishi mumkin edi...
15` "Vilyarreal" futbolchisi Perbet jarohat oldi va o'yinda biroz to'xtalish yuzaga keldi. Perbetning jarohati uni uchrashuvni davom ettirishiga yo'l qo'ymadi. "Vilyarreal" tarkibida majburiy o'zgarish: Perbetni o'rniga Pereyra maydonga tushdi.
13` "Barselona" maydon egalaridan yaxshiroq va g'alabaga chanqoqroqdek ko'rinmoqda.
11` "Barselona" hujum qilishda davom etmoqda. Bu safargi tashkil etilgan hujumni mezbonlar himoyachisi Gabriel bartaraf etishga ulgurdi.
9` Inestaga nisbatan jarima maydonchasiga yaqin joyda qoida buzildi. Xavi tomonidan amalga oshirilgan zarbani Asenxo ushlab oldi.
6` Dani Alvesh tomonidan etkazib berilgan to'p Messigacha etib kelmadi. Bu vaziyatda "Vilyarreal" himoyachisi yaxshi harakat qildi.
3` "Barselona" odatdagidek to'pni o'zida saqlab turibdi. Hozircha xavfli vaziyatlar yaratilganicha yo'q. "Barselona" burchak to'pini amalga oshirdi. Xavi tomonidan bajarilgan standart vaziyati besamar yakunlandi.
Uchrashuv boshlandi!
Jamoalar Tito Vilanova xotirasi uchun bir daqiqa sukut saqlashdi.
Bugungi o'yinda har ikkala jamoaga g'alaba juda zarur. "Barselona" chempionlik poygasidan chetda qolmaslik uchun borini tashlab o'ynashi shart. "Vilyarreal" jamoasi esa evrokuboklar zonasi uchun kurashda qolib ketmaslik uchun g'alaba qozonishi talab etiladi.
Ushbu o'yinni "NTV-PLYUS Futbol" hamda "NTV-PLYUS Futbol2" kanallari ham bugun ko'rsatmaydi. Uchrashuvni "SportXit" kanali to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatadi.
Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari! Bugun Ispaniya chempionatining 35-turidan o'rin olgan "Vilyarreal" - "Barselona" bahsidan matnli onlayn translyaciyasini amalga oshiramiz. Ushbu o'yinni yoritishda SHahboz Beg'amov Sizning xizmatingizda bo'ladi!
Uchrashuv soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar