"Barselona" prezidentligiga nomzod Font: "SHarmandalik, Bartomeu - istefoga chiq. Biz esa klubni tiklaymiz va "Barsa"ga ishonchni qaytaramiz"
15 avg 2020 18:10
Yangiliklar
"Barselona" prezidentligiga nomzod Font: "SHarmandalik, Bartomeu - istefoga chiq. Biz esa klubni tiklaymiz va "Barsa"ga ishonchni qaytaramiz"
"Barselona" prezidentligi uchun nomzod bo'lgan Viktor Font CHL doirasidagi "Bavariya" (2:8)ga qarshi o'yindan so'ng Jozep Bartomeuni istefoga chiqishga chaqirdi.
"Juda ko'p yillar qayg'u va uyat. Ammo, kechagisini bitta so'z bilan atash kerak - sharmandalik. Azobni davom ettirish va qimmatli vaqtni behuda sarflashning hojati yo'q.
Bartomeu - istefoga chiq, imkon qadar tezroq prezidentlik saylovlarini tashkil etish kerak. Birgalikda klubni tiklaymiz va "Barsa"ga ishonchni qaytaramiz", - deb yozgan tvitterdagi sahifasiga font.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" shu yil 2007/08 yilgi mavsumdan beri ilk bor sovrin yutmadi.
O’xshash yangiliklar
03:09
"Olovga moy sepgan" Yamal yoxud "Real" futbolchilari nega "Barsa" azosiga tashlanib qolishdi? 37
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди
Fikrlar