"Barselona" nigeriyalik hujumchini ko'z ostiga olib qo'ydi
21 sen 2023 11:59
Yangiliklar
"Barselona" nigeriyalik hujumchini ko'z ostiga olib qo'ydi
Kataloniya klubi Belgiya chempionatining eng yaxshi hujumchilaridan birini kuzatmoqda.
"Barselona" ancha vaqtdan buyon kelajakni o'ylab, Robert Levandovskiga o'rinbosar qidirmoqda. Klub rahbariyati Vitor Rokedan tashqari bir qancha hujumkor futbolchilar variantini ko'rib chiqyapti va nigeriyalik yosh hujumchi Gift Orban qolganlar orasida ajralib turibdi.
Hozirda Belgiyaning "Gent" jamoasi futbolchisi bo'lgan 21 yoshli Orban "Barselona"ning yangi sport direktori Dekuning etiborini o'ziga qarata oldi, deb xabar berdi "Fichajes".
Biroq "Barselona" Orbanning o'yiniga etibor qaratgan yagona klub emas. "Milan" va "Tottenxem" nigeriyalik hujumchini qo'lga kiritish uchun kataloniyaliklar bilan raqobatlashadi.
Orban joriy mavsum 10 ta o'yinda 6 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar